O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi


Download 0.77 Mb.
bet216/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Er. avv. VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi


Arxaik davr boshlanishida Attika O’rta Yunonistonning janubiy-sharqiy

viloyatlaridan biri markazi Afina bo’lgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko’rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o’ralgan, tog’lar bilan o’ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmarning mo’l-ko’lligi, savdo-hunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinbchalkik esa ular qoyatosh bag’rida joylashgan Afina akropoli markaz bo’lgan bir shahar atrofida birlashdilar.

Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko’chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so’zlashadigan qabilalar guruhi to’rt urug’ yoki qabila (fil)ga bo’lingan edi. Har bir fil bir necha o’nlab urug’lardan iborat bo’lgan uch firatriyaga bo’lingan edi.

Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo’lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar kengashi bor edi. Afsonalarga ko’ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo’ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar, hunarmandlar-demiurglar. Er. avv. VIII asr davomida xo’jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o’zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o’ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o’rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.

Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o’z o’rinlarini yangi saylanganlarga bo’shatib berib, o’zlari areopagning umrbod a’zolari bo’lib qolar edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro’li hokimiyat organi edi.

Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko’rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og’zaki qonunchilikni yozma to’plamga keltirilishi urug’ zodagonlarini hokimiyatini bo’shashtirdi. Drakon qonunlari bilan urug’chilikning qoldig’i bo’lgan o’ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. O’g’rilik jinoyati uchun o’lim jazosi belgilanadi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling