O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet304/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Ijtimoiy iqtisodiy hayot


II asr Rim imperiyasining “oltin davri” hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan janubga Nil ostonalarigacha, g’arbdan Atlantika qirg’oqlaridan sharqda fors qo’ltig’igacha cho’zilgan edi. Quldorlik tizimi o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Ko’p quldorlik xo’jaliklari bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tdi. Qullarga nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi.

Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi shahar hayoti o’z taraqqiyotida yuqori bosqichga ko’tarildi. Eramizning I-II asrlarida o’rtayerdengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o’rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari ma’lum darajada unifikatsiya qilindi. Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, Suriya, kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining yuqori darajasiga erishdilar. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar, kel’tlar, shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, liviyaliklar, dunay bo’yidagi pannonlar, illiriyaliklar, mezlar hali arxaik davrning so’ngi bosqichida edilar.

Rim istilolariga qadar g’arbiy provinsiyalarda qishloq xo’jaligi qoloq bo’lib, asosan g’alla ekilgan. Erga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim oroli axolisi qishloq xo’jaligining rivojlangan shaklini g’arbiy provinsiyalarga olib kirdilar.

Gall vinolari, ispan zaytun moyi, Italiya va Yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo’jaligi tez rivojlandi. O’rta va yirik quldor xo’jaliklari (villa) yetakchi o’ringa chiqdi. Quldorlik xo’jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi. Barcha provintsiyalarda imperator er egaligi keng tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. G’arbiy provinsiyalarda o’rta quldor pomest’elari, mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa kichik yer egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada keng tarqaldi.

Afrika provinsiyalarida quldorlik xo’jaliklarida asosiy ishchi kuchi qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning g’alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin qul xo’jayinning mulki bo’lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy) bilan ta’minlash er. avv. III asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo’lib qoldi. Qul pekuliydan foydalangan holda o’ziga o’rinbosar sotib olishi mumkin edi. Qaysiki o’rinbosar qul uning xo’jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo’yilgan qullar ko’p hollarda tadbirkorlik bilan shug’ullanib, juda ko’p boylik to’plar edilar. O’z xo’jayinlariga zarurat tug’ilganda turli xil xizmatlarni ko’rsatar edilar. Misol uchun Diktator Sullaning erkin qo’yilgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilardan biri bo’lib, hatto uning oldida senatorlar ham titrab qaltirar edi. Ammo ko’pchilik ozod qo’yilgan qullar o’rta darajadagi mulkka ega bo’lib, hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug’ullanar hamda oshxonalarning egalari edilar. Quldor latifundistlar o’z yerlarini chek yerlarga bo’lib, kolonlarga ijaraga berdilar.

Eramizning II asrida kolonlar bug’doyni, tariq, zaytun moyini 1/3 qismini, quldorga berishi kerak edi. Bundan tashqari kolon quldorni yerida bir necha kun ishlab berishi kerak edi.

Yerga ishlash takomillashdi, g’alla va boshqa ekinlarning yangi navlari, o’g’itning yangi navlari joriy qilina boshlandi. Qishloq xo’jaligi takomillashdi, g’alla latifuniyalarida g’allani yig’adigan mexanizm, g’ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va shahar aholisining o’sishi qishloq xo’jalik maxsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo’lishi, provinsiya qishloq xo’jaligida erdan unumli foydalanish va tovar xo’jaligini kirib kelishi uchun shart – sharoit yaratdi.

Quldor xo’jaligi endilikda bozor bilan bog’landi. Qishloq xo’jaligida tovar munosabatlarining rivojlanishi latifundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik, to’quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall latifundiyalarida shaxtalardan temir rudasi qazib olinib, metall ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Eramizning I asrlarida qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo’rg’oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Klikiya va Kappadokiyaning boy temir konlari xom ashyoni etkazib berib turar edi. Ayniqsa temir rudasini qazib chiqarilishi keng yo’lga qo’yildi.

Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi. Barcha konlar imperatorning mulklari bo’lib, ko’pincha ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar o’tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo’lsa, eramizning II asrida ularning soni 50 taga etdi.

Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mexnat taqsimotining o’sishi uning iqtisoslashuvini o’sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mexnat etakchi rol o’ynar edi. Tog’ kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlarida qul mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og’ir mexnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti oshpazlik, g’isht quydirish kabi yangi soxalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II asrida provintsiyalarda hunarmandchilik ayniqasa yuksaldi. Agar er.avv. I, eramizning II asrlarida Italiya shaharlariga ko’plab sotilgan.

Bir qancha provintsiyalar o’z maxsulotlarini boshqa provintsiyalarga shuningdek Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa gall shaharlari nixoyatda rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yopingichlar va kulolchilik maxsulotlari gárbiy provintsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan asosiy markazlarga aylandilar.

Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy Italiyaga koçhdi. Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi anánaviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o’rniga gall provintsiyalariga Norika va Dalmatsiyaning temir konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa Akvileya shahri metall buyumlar va qurol – yarog’, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab chiqaradigan yirik hunarmandchilik markaziga aylandi.

Eramizning I-II asrlarida barcha provintsiyalarda savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya savdogarlari Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provintsiyalari bilan faol savdo qildilar. Pal’mira savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar.

Shaharlarda ko’plab savdo do’konlari va omborxonalar qurila boshlandi.

Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qurildi. Savdo – sotiqning rivojlanishi provintsiyani maxsulot ishlab chiqarishini ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va vino, Galliya vino, shisha idishlari, jun maxsulotlari, Misr g’alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya vino, zarbob gazlamalar va zeb – ziynat buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi.

Savdogarlar, xunarmandlar kollegiyalarga birlashdilar. Savdo taraqqiyoti sarroflik va sudxurlikni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Tashqi savdo rimliklar uchu foydali edi. Rim imperiyasi qora dengiz hududlari, sharqiy Yevropa , Eron , O’rta Osiyo va Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o’rnatdi. Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo’li O’rta Er dengizi qirg’oqlariga borar edi. Petra- Transiordaniya- Damashq- O’rtayerdengizi, Frot – Palmira-Damashq-O’rtayerdengizi, Hindiston- Arabiston-Iskandariya. Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto Markaziy Afrikagacha kirib bordilar.

Imperiya davrida yangi tanga “aureus” zarb qilina boshlandi. O’ng tomonida xukmdor imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi. Ko’p tarqalgan Rim tangalaridan biri-kumush denariy edi. Eramizning I asrida u sof kumushdan, eramizning II asrining oxiridan esa mis qo’shib, tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga- sestertsiy (4ass) va dupandiy (2ass) ishlatilar edi.

Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va quldorlar bo’lib, ulardan tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik chek erlarning egalari yoki ijarachilar kichik hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi.

Tabaqalar o’rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha quldorlik xo’jaliklarida qullarga bo’lgan ehtiyoj urushlar natijasida qondirilgan edi. Eramizning II asrida istilochilik urushlarining nixoyasiga etishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin kamaytirdi. Lekin quldorlik xo’jaliklarida qul mexnatiga ehtiyoj juda kuchli edi. Bu xollar qullar narxining keskin o’sishiga olib keldi.

Qul mehnatini unumdorligi manfaatdor quldorlar qullarning maishiy sharoitini o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Qishloq pomestiylari va shaharlarda qul cho’rilar soni o’sib bordi, qullarga oila qurishga ruxsat berildi, va ular rag’batlantirildi.

Qullikda tug’ilgan bolalar (Ularni vernlar deb atashgan) biror bir hunarga o’rgatilgan bo’lib, qul bozorlarida yuqori boholanar edi. Qullarni oila qurishini rag’batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun chek er, mexnat quroli, kulba, kichikroq dukon, bir necha qora mol ajratar edilar.

Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk “pekuliy” deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg’a qilgan yerini istalgan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning huquqiy holati ham o’zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz o’ldirishni taqiqladi. Eramizning II asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi.

Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo’lib, yer egasidan shartnoma muddati tugagandan so’ng ketishi mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilar edi. Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli majburiyatlat turi bilan o’ralib, huquqiy jihatdan o’z yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda uzoq muddat ishlar edi. Erkin, o’z yerini yo’qotgan dehqon, batrak va erkin qo’yilgan qul, yerni ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. Kolonatni yana bir manbasi chegara provinsiyalarda asir olingan yerga joylashtirilgan varvarlar edi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling