O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Uzoq Sharq va janubiy–sharqiy Osiyo mamlakatlari


Download 0.77 Mb.
bet176/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Uzoq Sharq va janubiy–sharqiy Osiyo mamlakatlari



K oreya yarim orolining qadimgi davlatlari


Qadimgi koreyslar eramizdan avvalgi I ming yillik o’rtalarida Koreya yarim oroli, janubiy Manjuriya va Lyaodun yarim orolida yashaganlar.

O’rmon va vodiylarda o’troq aholi, tog`larda ovchilar yashagan. Eramizdan avvalgi VII asrda koreyslar jez qurollarini yasay boshlaydilar. Shimolda tariq, arpa, janubda sholi ekila boshlanadi, eramizgacha bo’lgan I asrda temir qurollar tarqala boshlaydi. Ilk Koreya davlati-Choson eramizdan avvalgi III asrda rivojlangan dehqonchilik va urug`chilik munosabatlarini yemirilish jarayoni natijasida paydo bo’ldi. Choson davlati hududi shimoliy Koreya va Lyaodun yarim orolini egallaydi.

Er. avv. I asrga qadar shimoli-g`arbda qabilalar birlashuvi natijasida Koreya yarim oroli shimoli va Manjuriya janubini o’z ichiga olgan Kogure davlati, janubda xan qabilalari birlashuvi bilan Silla va

Pekche davlatlari paydo bo’lgan. Bularni ichida eng kuchlisi Kogurs bo’lib, u Xan davlati (Xitoy)dan to’la mustaqillikni qo’lga qiritadi.

Qadimgi koreyslar jamiyati tabaqasi hukmron zodagonlar bo’lgan, qullar va erkin aholidan iborat edi. Qullar Xitoyga chiqarilgani to’g`risida ma'lumotlar mavjud. Qullar yordamchi ishlarni bajarganlar, davlatga qaram, shaxsan ozod, ammo iqtisodiy qaram bo’lgan «pastki hovlilar» eng ko’p sonli mayda ishlab chiqaruvchilarni tashkil qilgan.

Eramizning I-II asrida Kogure davlatida to’la qonli mustabid siyosiy tuzum hukmron edi. U ranglarga (daraja) bo’lingan harbiy xizmat aslzodalariga tayangan. Hukmron qatlamning harbiy xususiyati Xan davlati bilan urush va uch Koreya davlatining yetakchilik uchun o’zaro urushlari bilan belgilangan edi.

Kogure davlatida hukmron sinflarni manfaatini himoya qiladigan qonunlar chiqarilgan. Xususiy mulkka daxl qilishga qarshi juda ko’p jazolar belgilangan. Eramizning I-III asrlarida eng kuchli Koreya davlati Kogure bo’lgan. IV asrda esa yarim orolning janubiy-g`arbida uzoq urushlardan so’ng Pekche davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Yarim orolning janubi-sharqiy qismida Silla davlati mustahkamlanadi. Tashqi siyosatda Koreya

davlatlarining asosiy vazifasi kuchli raqib Xitoyning tayziqiga qarshi kurash bo’lgan. Bu urushlarning asosiy og`irligi Kogure davlati zimmasiga tushdi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling