O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet217/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Solon islohotlari


Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag’al qismi bo’lgan oddiy demos o’rtasida ijtimoiyt ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er. avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag’allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o’tkardi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to’lanib Afinaga qaytarildi.

Xo’jalik faoliyatini rag’batlantiradigan qator islohotlar o’tkazildi. Pul islohoti uzunlik va og’irlik o’lchov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag’batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g’lla chiqarishni taqiiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag’batlantirdi.

Vasiyatlar erkinligi to’g’risidagi qonun urug’chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.

Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to’rt toifaga bo’ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki boy fuqarolar avvalgidek to’la hokimiyatga ega bo’ldilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub bo’lish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bog’liq bo’ldi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko’p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak uruqqa mansublik, emas balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro’ini o’lchov mezoni bo’ldi.

Eramizdan avvalgi VII asr oxiri VI asr boshlarida Afina demosi shoir, savdogar Solonni arxont qilib sayladi va unga islohot o’tkazish uchun cheklanmagan vakolatlar berdi. Solon eng avvalo “seysaxteyya” (qarzlarni olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amalga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta er egaligi cheklandi, er uchastkasini belgilangan miqdordan ortiqcha olish man qilindi.

Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga etgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo’yicha oliy appelyatsiya huquqiga ega bo’ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo’yicha hukm chiqara olar edi. Odam o’ldirish bo’yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo’lida qoldi.

Siyosiy huquq mulkiy tsenz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to’rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g’alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog’i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar – gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo’lgan og’ir qurolli piyodalar – zevgitlar, to’rtinchisiga hunarmand – fetlar kirdi.

Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar. Xalq yig’ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko’rsatish, gelieini – maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiste’molini yo’q qilishlari mumkin edi.

Solon islohotlari bo’lg’usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, are opagning roli o’zgarmadi, Polisning urug’, fillarga bo’linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug’ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o’z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o’rgatmagan o’g’il keksaygan otasiga g’amxo’rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv. VI asr boshlaridagi isloxotlar barcha ijtimoiy muammolarni echa olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o’rnatilishiga olib keldi.

Pisistrat va uning o’g’illari tiraniyasidan so’ng Afinada turli ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kurash kuchayib ketdi.

Klisfen boshchiligida savdo hunarmandchilik tabaqalari urug’ zodagonlari hokimiyatini yo’qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy – hududiy isloxot o’tkazdi. Har bir fil o’z ichiga olgan jami o’n fil bo’lib har bir dem oily ma’muriy organ 500 lar kengashiga birdan 25 kishigacha a’zo saylagan. Yana bir siyosiy yangilik tiraniyani o’rnatilishiga qarshi qo’yilgan ostrakizm tamoyili bo’ldi. Ostrakizmga ko’ra Afina davlat tuzumiga qarshi jiddiy xavf tug’dirgan shaxs, siyosiy arbob ovoz berish yo’li bilan Afinadan quvg’in qilingan. Bu tamoyil siyosiy hayotda eramizdan avvalgi 487 yildan 417 yilgacha qo’llanib shu davrda tiraniyaning uch tarafdori Afinadan xaydab yuborilgan.

Eramizdan avvalgi VI-asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g’alaba qildi.Natijada Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to’rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to’rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko’rsatadigan organ bo’ldi, to’rt yuzlar kengashi xalq yig’inida ko’riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig’ini (ekklesiya) to’la qonli barcha vakolatlarga ega bo’lgan boshqaruv organi bo’lib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega bo’ldilar. Xalq yig’i muntazam yig’iladigan bo’ldi (Er. avv. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).

Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo’lmaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to’la tugata olmadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling