O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Afinada Pisistrat tiraniyasi


Download 0.77 Mb.
bet218/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Afinada Pisistrat tiraniyasi


Er. avv. 560-yil atrofida hokimiyatni

zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o’zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o’rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko’rsatdi. Qishloq kambag’allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini kamaytirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o’z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o’rta hol dehqonlarni og’ir ahvolga solib qo’ydi.

Pisistrat dengiz savdosining rivojlanishiga shartaharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanel bo’g’oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo’llari ustidan nazoratini o’rnatdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo’shiqchilari to’planib, ularning so’zlaridan Gomerning mashhur poemalari “Iliada” va

Odessiya”lari yozib olindi.

Pisistratning tadbirlari eski urug’ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko’p vakillari Afinadan quvg’in qilindi. Er. avv. 527-yilda

Pisistratninbg vafotidan keyin o’g’illari Gippey va Gipparx Afina hokimlari bo’ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo’llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g’alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o’g’illari hokimiyatini ag’darib tashladi.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling