O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim ilk respublika davrida


Download 0.77 Mb.
bet273/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rim ilk respublika davrida


Ilk respublika davrida davlat qurilishi Rim tarixchilari respublika boshlanishini er. avv. 509 yilni kelib chiqishi etrusk bo’lgan so’ngi Rim podshosi Tarkviniy Mag’rurning Rimdan haydalishi bilan belgilaydilar. Respublika tuzumi o’rnatilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo’liga o’tdi. Dastlab ular pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalar edilar. Konsullarni senturiy yig’inlarda patritsiylar ichidan saylar edilar. Konsullar roziligisiz senat komisiyalari to’plana olmas edi. O’zlari esa o’z majburiyat vazifalarini bajarish davrida har qanday sud javobgarligidan ozod edilar. Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsullar patritsiylar va ularning oliy organi senatning siyosiy manfaatlari bilan hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq konsullardan tashqari shahar ishlarida kvestorlar muhim o’rin tutdilar. Ular sudda ishtirok etar, xazinani boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda ular konsullarning yordamchilari edi. Er. avv. V asr o’rtalaridan boshlab kvestorlarni komisiyalarda saylaydigan bo’ldilar. Shu vaqtdan boshlab kvestorlar mustaqil bo’ldilar. Ular davlatning moliyaviy ishlari bilan shug’ullanar edilar. Kvestorlar arxivni boshqardilar, harbiy yurishlar davrida konsullarga hamroxlik qilib qo’shin xazinasini boshqarar edilar.

Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda vakolatlar berilgan mansabdor shaxs – diktator sayladilar. Diktatorni rimliklar favqulodda xavf tug’ilib qolgan paytda yoki o’ta xavfli vaziyat tug’ilgan paytda yagona boshliqqa ehtiyoj tug’ilgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar amalda esa senat saylar edi. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 liktor emas balki 24 liktor hamrohlik qilar edi.

Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo’lmagan tsenturiy yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili bo’lgan konsul chaqirishi mumkin edi. Bu komisiyalarni biror bir qarorini “patres” – senat tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmas edi. Er.avv. 471 yildan kuriya va tsenturiya yig’inlari namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig’inlarida qabul qilingan qarorlar “plebitsit” faqat plebeylar uchun majburiy edi.

Er. avv. VI asrda etrusk istilolari urug’ jamoasini yemirilish jarayonini, sinfiy jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini tezlashtirdi. Etrusklar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o’xshash monarxiya rejimini tashkil etdilar, uning o’rniga er. avv. 509yilda ilk respublika keldi.

Rim respublikasida oliy davlat organi xalq yig’ini hisoblangan. Xalq yig’ini qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e’lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor shaxslar magistratlarni saylar edi. Shu bilan birga u oliy sud tashkiloti edi.

Rimda xalq yig’inlarini yoki komisiyalarni uch ko’rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig’ini-senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalarini siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy birinchi toifa 98, yarmidan ko’p senturiy qo’yar edi. Ovoz berish senturiylar bo’yicha o’tkazilib, har biri bir ovozga ega edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda dastlab birinchi toifa senturiylari, keyin 2-, 3- va h. k. ovoz berilar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo’yicha senturiylar ovozining 50% idan ko’proq ovoz berilsa, ovoz berish to’xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi.

Bunday ovoz berish tartibi bo’yicha barcha masalalarni rim fuqarolarini boy qismi bo’lgan I toifaning 98 senturiyalari hal qilar edi. Bu komisiyalarda pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlarining noroziligiga uchradi. Er. avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o’tkazildi. Endilikda har besh toifadan-70 senturiy qo’yiladigan bo’ldi; ularga suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning-4, va proletarlarning-1 senturiysi qo’shiladigan bo’ldi

jami 370 senturiy (avvalgi 193 o’rniga). Patritsiylar va plebeylarning kurashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug-triblar bo’yicha tribut komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo’ldi (Rim huquqi hududiy okrug-trib 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo’lingan edi). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari saylanar edi.

Rim xalq yig’inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay eng demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo’lida qurol bo’ldi. Xalq yig’ini faqat senatda muhokama qilingan magistratlar kiritgan masalalarnigina muhokama qilar edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi.

Rim davlat hayotida 300 a’zodan tashkil topgan senat muhim o’rinnni egallagan edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Er. avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyingina xalq yig’ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig’inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib senat o’ziga kerakli yo’nalishda xalq yig’ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasini egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o’z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatning irodasiga tobe edilar. Er. avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansabdor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro’yxatini senzorlar tuzganlar. Ularni rahbari eng keksa va obro’li senator-princeps senatus (U munozara paytida birinchi bo’lib so’zlar edi) edi. Senat ro’yxatida birinchi bo’lib senzorlar, keyin konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: dictator, konsullar, pretorlar haqli edilar. Senatning qarori senatus konsulp (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum) deyilar edi. Senat rim oligarxiyasining tayanchi edi.

Rimda amaldorlar apparati yo’q edi, barcha ijroiya hokimiyat saylanadigan lavozimli shaxslarga-

magistratlarga tegishli edi. Ular o’z mehnatlari uchun hech qanday ish haqi olmas edilar, lavozimlar “faxriy” (honor) vazifa deb baholanar edi. Barcha magistraturalar kollegial bo’lib odatda bir yil ijro etilgan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar,kvestor va edillar lavozimga birinchi martda (er. avv. 153-yilgacha., keyin-birinchi yanvardan) plebey tribunlari esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar.

Rim respublikasi magistraturasi birdaniga emas, asta-sekin shakllandi. Farazlarga ko’ra respublikaning birinchi yillarida ijroiya hoklimiyatni boshida bir oliy magistrat-pretor (oldinda yuruvchi) bo’lib, unga o’rinbosari- kvestor yordam bergan. Plebeylarning Muqaddas toqqa birinchi chiqib ketishlaridan keyin xalq tribunlari va plebey edillari, ularning yordamchilari lavozimlari joriy qilindi. Ammo ijroiya hokimiyatni pretorning yagona rahbarligi u tomonidan hokimiyatni bosib olinish imkoniyati mavjudligi xavfi tug’ildi. Shuning uchun er. avv. V asr o’rtalarida bir oily magistrat o’rniga ikkitasi saylanadigan bo’ldi, ular bir xil hokimiyatdan foydalandilar va birgalikda boshqardilar. Ular birbirlari bilan maslahatlashuvlari lozim edi, shuning uchun konsullar (maslahatlashaman consulo so’zidan olingan) deb ataldilar. Oliy magistratlar konsullar, tsenzorlar va pretorlar edi.

Konsullar odatda urush vaqtida qo’shin qo’mondoni, senat va komisiyalarni chaqirar edilar, qonunchilik tashabbusiga ega edilar. Sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi, intendant qismi va harbiy o’ljani to’rt kvestor (er. avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to’rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tribunlari himoya qilar edi (lekin ularni hokimiyati Rim shahri bilan chegaralangan edi). Keyinchalik yangi senzorlar lavozimi joriy qilinib 5 yilda bir marta 18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq konsullardan saylangan. Ular rim fuqarolarini mulk toifalariga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uni yangi ro’yxatinbi tuzishlari lozim edi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli er. avv. IV asr II yarmida yuzaga keldi.

Rim konstitutsiyasi bo’yicha magistraturalar kollegial bo’lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 tsenzor, 4 kvestor) har yili qayta saylanar va haq to’lanmas edi. Magistrat lavozimlarini bajarish ish emas, faxriy (honor) bo’lib shu sababli beg’araz edi. Mansablarga haq to’lanmasligi oddiy rim fuqarolarini magistratura lavozimlarini egallashga imkoniyat bermadi. Aksincha davlat vazifalariga saylanish va uni bajarish uchun fuqaroning o’zini katta miqdorda mablag’iga ega bo’lishi shart edi. Chunki lavozimni bajarish uchun kotiblar, choparlar, qo’riqchilar, quyi tabaqa xizmatchilarni yollab, ularga ish haqi berishi kerak edi. S hu sababli boy kishigina magistrant bo’lishi mumkin edi. Vakolatlarini topshirgandan keyingina sobiq magistratni sudga tortish mumkin edi.

Ilk respublika davrida favqulodda hokimiyat tuzilmasi mavjud edi: oraliqdagi podsho, dictator o’z o’rinbosari, otliqlar qism boshlig’i bilan birgalikda senatda favqulodda vaziyatlarda yarim yil muddatga senatda saylanar edi; dictator hokimiyati podsho hokimiyatiga o’xshash edi, uning hokimiyatini belgisi 24 liktordan tuzilgan faxriy qo’riqchi bo’lgan.

Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar kuchaygan bo’lishiga qaramasdan boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va magistratlar o’ynadilar. Bu Rim respublikasini aristrokratik mazmunining ifodasi edi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling