O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti


Download 0.77 Mb.
bet274/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti


Er. avv. VI – III asrlarda Italiya hududlarini iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyoti notekis bordi. Etruriya va Kampaniya viloyatlari, janubiy

Italiyadagi yunon koloniyalarini iqtisodiyoti yaxshi rivojlandi. Latsiya viloyati qo`shni etrusk shaharlari va yunon koloniyalaridan qoloq edi. Italiyaning tog’li hududlaridagi qabilalar ibtidoiy-urug’ jamoa sharoitida yashar edilar. To’qimachilik zaif rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi.

Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik sohalaridan biri kulolchilik edi: turli xil idish tovoqlar, suv quvurlari, cherepitsa, xom g’isht, chiroqlar etrusk qora rangli “bukkero” bo’rtma bezakli idishlari mashhur edi. Kulolchilikning eng katta markazlari Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er. avv VI-V asrlarda etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab yashnadi. Ayniqsa metallurgiya va metallga ishlov berishda, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er. avv. VI-III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o’sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Vol’siniyada va Latsiyaning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar edi.

Er. avv. VI-III asrlarda tashqi savdo yuksaldi. Savdo asosan suv yo’li bilan amalga oshirildi. Er. avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida rimning Ostiya portiga asos solindi. O’sha vaqtning eng katta dengiz davlati Karfagen bilan Rim er. avv. 509, 348 va 280-yilllarda uch marta savdo shartnomalarini tuzdi.

Etrusklar va janubiy Italiya yunonlari gallar, Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo aloqalarini o’rnatdilar. Il’va va Populoniyada qazib olingan temir Kampaniya va etrusk shaharlariga yetkazib berilar edi.

Italiyaning ko’pgina hududlari xo`jaligini yetakchi sohasi dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti yuqori hosil olishni taminlar edi.Bu yerda bug`doy, arpa, tariq, polba Kampaniya va janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun keng tarqalgan edi. Etruriya g’allasi Rim va latin shhaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog’i, Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi.

Er. avv. VI-III asrlarda jamoa yer egaligini yemirilishi bilan birga yerga xususiy mulkchilik rivojlanib bordi. Urug’ning yerlari kichik bo’laklarga bo’linib yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o’zlariga tegishli yer maydonida ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari davlat yer fondi (ager publikis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo’lmagan ijara to’lovi bilan okkupatsiya (latincha egallash) qilish huquqiga ega edilar. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar natijasida “ager publikis”dan foydalanish huquqiga ega bo’ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi edi. Mayda va o’rta er egaligi yetakchi rol o’ynar edi. Er. avv. IV asrdan boshlab patritsiylar jamoa yerlarini (“ager publikus”) bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo’jalik (imeniye)lar paydo bo’lib, qullar mehnatidan ko’proq foydalanila boshlandi.

Boshda qadimgi Italiyaga ayirboshlashning keng tarqalgan vositasi bo’lib, chorva hayvoni (pecus, shundan pulni latincha nomi-pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab rimda er. avv. III asrgacha pul sifatida og’irligi 2-2,5 kg.gacha bo’lgan ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. Ularni er. avv. V asrdan og’irligi 1000-1830 gramm xudo va hayvonlar tasviri bo’lgan quyma jez parchalari siqib chiqara boshladi. Er. avv. IV-III asrlarning II yarmidan 327,45 gramm og’irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab natural xo’jalik o’rniga pul tovar xo’jaligi keldi. Rim pul birligi mis ass paydo bo’ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasida zarb qilina boshlandi. Shundan “moneta” so’zi kelib chiqdi.

Er. avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 173 grammga keldi. Jez tanganing tressis, dupondiy, semis kabi turlari mavjud edi. Er. avv. III asrdan Rimda kumush tangalar jumladan denariy (4,55 gramm) va sestersiy (1,13 gramm) zarb qilina boshlandi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling