O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rimni Italiyani bosib olishi


Download 0.77 Mb.
bet276/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rimni Italiyani bosib olishi Rimdan etrusk podsholari haydalgandan keyin qisqa bir davrda Rimning Latsiy viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. O’sha vaqtda rimliklar qo’shinlari Sabin, Ekv, Vol’sk, Tuskul boshchiligidagi Latin shaharlari ittifoqi bilan uzoq urushlar olib borishlariga to’g’ri keldi. Faqatgina er. avv. 493 yildagina Rim va boshqa latin shaharlari bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erilishdi. Bu ittifoq er. avv. V asr davomida saqlanib qoldi va rimliklarni bir qancha qo’shni viloyatlarni bosib olishiga qulay shart-sharoit yaratdi.

Qo’shni hududlarni bosib olishi natijasida Rimning hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida qo’shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo’shib olindi. Er. avv. 396 yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bilan ularning soni 25 taga etdi.

Er. avv. 390 yil Alp tog’lari orqali po vodiysini egallagan gall qabilalaridan biri senonlar yo’lboshchi Brenn boshchiligida Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga harbiy yordam bermadi, lekin rimliklar gallarga elchilarini yubordilar. Elchilar gallar bilan dumoqdorlik bilan gaplashib ziddiyat keltirib chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini tashlab Rimga yurish qildilar. Ular Rimni urushsiz egalladilar, uni talab yondirib yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya qildilar, lekin oxiroqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda tovon to’lashga majbur bo’ldilar (rivoyatlarga ko’ra aynan shu vaqtda Brenn “yengilganlarni holiga voy!” mashhur so’zini aytgan).

Rimni zaiflashganidan qo’shni latin, vol’sk, ekiv va etrusklar foydalandilar. Rim lotin ittifoqi (er. avv. 384-yilda uning a’zolari 47 latin jamoasi bo’lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharlarini yana qayta kuch bilan bo’ysundirishga majbur bo’ldi. Lotin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan qayta tiklandi. Er. avv. IV asr o’rtalarida Rim kuchli qo’shin bilan Italiyani bir qancha hududlarini egallab oldi.

Er. avv. IV asr o’rtalarida Rim respublikasi faqat Latsiya viloyatida emas, balki butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi. Er. avv. IV asr boshlarida Rim boshchiligidagi latin ittifoqi bilan janubiy Apenninda samnit qabilalari tuzgan samnit ittifoqi bilan kuchli qarama – qarshiliklar boshlandi.

Rim uzun nayza va to’g’ri to’rt burchakli qalqonlar bilan qurollangan dovyurak tog’li qabilalar samnitlar bilan urush boshladi. Rimning samnit urushlari latin ittifoqining barcha qatnashchilari uchun og’ir majburiyat bo’ldi. Samnit urushidan faqat Rim foyda ko’rdi, rimliklar samnitlardan bir qism yerlarni tortib oldilar. Latin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday olmay, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular yengildilar. Natijada Latin ittifoqi tugatildi. Shundan so’ng rimning samnitlar bilan kurashi qayta boshlanib bir necha o’n yillarga cho’zilib ketdi. Urush faqatgina er. avv. III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan tugallandi. Samnit qabilalari o’z mustaqilliklarini saqlab qoldilar, ammo Rim hududi Kampaniya, Lukaniya va Apulyagacha kengaydi. Bu yerlarda Rim koloniyalari barpo etildi.

Oradan o’n yil o’tgach janubiy Italiyadagi yunon shahri Tarent Rim elchilarini haqoratlashda ayblanib, Rim Tarentga qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir podshosi Pirrni yordamga chaqirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga bostirib kirib Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor – mor qildi.

Er. avv. 275 yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo’shinlarini yanchib tashladilar. Bir necha yildan so’ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo’lgan samnitlar, lukanlar va Bruttiya shahri aholisi rim hokimiyatini tan olishga majbur bo’ldilar. Er. avv. 265-yilda rimliklar etrusklarni markazi bo’lgan Volsiniya shahrini bosib oldilar. Natijada butun Apennin yarimoroli Po vodiysigacha Rim respublikasi tarkibiga kirdi.

Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi sine suffragio (xalq yig’inida ovoz berish huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o’z – o’zini boshqarish huquqidan va jamoa yig’inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo’lish demak edi. Shahar ishlarini rimdan yuborilgan prefekt boshqarar edi.

Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli huquqlarga ega bo’lgan toifalarga bo’ldilar. Faqat Rim fuqarolari patritsiylar va plebeylar hamda Rimga qo’shib olingan latin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko’chib o’tgan barcha latinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo’yicha nikoh o’qitish, mulkini erkin tasarruf qilish, o’z moddiy manfaatlarini himoyasi uchun sudga murojaat qilish, yig’inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mumkin edi. Bu to’la huquqli fuqarolar Rim triblariga doimiy birkitilgan edi. Bundan tashqari Italiyaning turli muhim strategik markazlaridagi rim koloniyalarining aholisi ham to’la huquqli fuqarolar hisoblandi. Koloniyalar o’z – o’zini boshqaruvga ega edi.

Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi (“tsives sine suffragio”) ham mavjud edi. Ular Rim odati bo’yicha nikoh bitimi tuzishlari, o’z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, lekin Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega shaharlar munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba’zilari Rimdan yuborilgan prefekt tomonidan boshqarilar edi.

Ozod qo’yilgan qullar Rim qonuni bo’yicha ochiq nikoh o’qitishlari mumkin emas edi. Ular faqat tribat komisiyalarida ovoz berish huquqiga ega edilar. Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqeilariga ko’ra latin koloniyalari aholisiga yaqin turar va latin huquqiga ega edilar. Munisipiylar boshqaruvda avtonom bo’lib, o’z tangalarini zarb qilish huquqiga ega edilar. Rimliklar bunday munsipiylardan yordamchi harbiy qism-kogortalar olish majburiyatini o’tashni talab qilar edilar.

Italiya aholisining “sotsii” (ittifoqchilar) deb atalgan yana bir toifasi rim bilan yanada zaifro q bog’langan edi. “Tsvitates federat” huquqidagi ittifoqchi shaharlar ham Rimga qo’shinlar bilan yordam berishlari shart edi. Lekin ular o’zlarining cheklangan davlat suverenitetini saqlab qoldilar, ularga Rimni ruxsatisiz shartnomalar tuzish, mustaqil tashqi siyosat yuritish, o’z tashabbusi bilan urush olib borish ta’qiqlangan edi. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari Rim ittifoqchilarini alohida toifasini tashkil etar edi. Ular Rimga faqat harbiy flot bilan yordam berish majburiyatini olgan edilar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling