2
Tuzuvchi: Djuraeva Sh.
Taqrizchilar: t.f.n., dotsent O.Panjiev
к.f.n., dotsent Qurbonov М.
Ushbu uslubiy qo’llanma Toshkent kimyo-texnologiya
instituti tomonidan
tuzilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, «5522400-Kimyoviy
texnologiya», «5541100-Oziq – ovqat texnologiyasi» , «5850100-Atrof
muhit
muhofazasi» va “NGT” va «NGK» yo’nalishi bakalavrlariga mo’ljallangan
bo’lib, undan texnikaga oid boshqa nokimyogar ta‘lim yo’nalishlari talabalari ham
foydalanishlari mumkin.
Uslubiy ko’rsatma «Umumiy kimyo» kafedrasining -----------№-
sonli
yig’ilishida va Sanoat texnologiyasi fakulteti Uslubiy Kengashining------- №--sonli
yig’ilishida va Institutning ----------№------sonli yig’ilishida ko’rib
chiqilgan va
qo’paytirib foydalanishga tavsiya etilgan.
3
1-amaliy mashg’ulot
SATHDAGI HODISALARNI O‘RGANISH (Turli agregat holatlarda sirt
taranglik)
Nazariy ma‘lumot
Suyuqlikning ichki qismidagi molekulani
boshqa molekulalar hamma
tomondan bir xilda tortib turadi va barcha kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Lekin
suyuqlik sirtida turgan molekulani suyuqlik ichidagi qo’shni molekulalar kuchliroq
tortadi, gaz fazadagi ya‘ni suyuqlikning havo qismidagi molekulalar o’sha
molekulani juda oz kuch bilan tortadi. Shu sababli suyuqlik ichiga kirishga intiladi.
Boshqacha aytganda, suyuqlik o’z sirtini kattalashtirish
uchun ish sarf qilishi
kerak.
Aksincha, suyuqlik sirti kamayganida energiya ajralib chiqadi. Demak,
suyuqlikning sirt qavati ma‘lum energiya zapasiga ega.
U suyuqlikning sirt