O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi
-misol. Radiusi r ga teng bo’lgan sharning solishtirma sirti topilsin. 3-misol
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
амалий колло
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
2-misol. Radiusi r ga teng bo’lgan sharning solishtirma sirti topilsin.
3-misol. Moddani maydalaganda uning sirti kattalashadi. Bu hodisani sirtning rivojlanishi deb ataladi. 1 gramm oltingugurt maydalanib, har qaysi tomonining uzunligi 10 –5 sm ga teng kublarga ajralgan bo’lsa, umumiy sirt yuzasi aniqlansin (oltingugurtning solishtirma massasi 2,07 g/sm 3 ). 4-misol. Qalinligi (a) ga, ikki tomonining uzunligi В ga teng bo’lgan plenkaning; uzun tomoni В ga, ikki qisqa tomonining har biri (a) ga teng bo’lgan to’sinning (brusok) va hamma tomonlari (a) ga teng bo’lgan kubning umumiy va solishtirma sirtlari topilsin. 5-misol. Hajmi 1 sm 3 bo’lgan kubning umumiy va solishtirma sirtlari topilsin. Agar uning har qaysi tomoni 10 ga bo’linsa, umumiy va solishtirma sirtlari qanchaga teng bo’ladi? NAZORAT SAVOLLARI 1.Suyuqlik ichidagi molekulalarga qanday kuchlar ta‘sir etadi? 2. Suyuqlik sirtidagi molekulalarga qanday kuchlar ta‘sir etadi? 3. Suyuqlik nega o’z sirtini kichraytirishga intiladi? 4. Nega suyuqlik tomchisi shar shaklida bo’ladi? 5. Sirt taranglik deb nimaga aytiladi? 6. Sirt taranglik nimalarda o’lchanadi? 7. Sirt taranglik qanday omillarga bog’liq bo’ladi? 2-amaliy mashg’ulot SATHDAGI HODISALARNI O‘RGANISH (Adsorbsiya hodisasi va sorbtsiya turlari) 2.1. NAZARIY MA‘LUMOTLAR Yuzasi juda kata bo’lgan jismlar, gazsimon yoki suyuq faza bilan to’qnash bo’lganda, gazsimon moddaning yoki suyuqlikda erigan suyuqlikning bir qismini shimish qobiliyati mavjud. 5 SHimilish hamma vaqt ham bir xil xarakterga ega bo’lmaydi. Masalan, shimiluvchi moda, shimuvchining ichki qismiga diffuziyalanishi, guyo unda erishi mumkin, yoki shimiluvchi shimuvchining yuza qismiga shimilishi mumkin. Bir moddaning boshqa moddalarni shimish hodisasiga sorbtsiya deyiladi. Agar, sorbtsiya jismning faqat yuza qismida sodir bo’lsa adsorbtsiya deyiladi. Agar shimilish jismning ichki qismlarigacha sodir bo’lsa, unga absorbtsiya deyiladi. Adsorbtsiya shimuvchi, shimiluvchi modda, gazlar haroratiga va bosimiga yoki eritmalar kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Adsorbtsiyaning muayyan haroratdagi gaz bosimi (uning kontsentratsiya) ga yoki eritmadagi shimiluvchi modda miqdoriga bog’liqligi Lengmyurning adsorbtsiya izotermasi tenglamasi bilan ifodalanadi: С Г = Г -------- К + С bu yerda: Г va Г - 1 sm 2 adsorbent yuzasidagi adsorbilangan modda kontsentratsiyasi ( Г – adsorbtsion muvozanat vaqti, Г - maksimal bajarish nuqtasi; С – adsorbtsion muvozanat vaqtida shimiluvchi moda eritmasining molyar kontsentratsiyasi Gazli muhitdagi adsorbtsiyada С ning kattaligi bosim kattaligiga proportsional ravishda almashinadi: Р = К С bu yerda: K – adsorbent va adsorbilanuvchi moddalar fizikaviy holati va kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’lgan konstanta ( adsorbent – yutuvchi, shimuvchi moddadir). Adsorbentlar sifatida ko’mir, silikagel, kaolin, soztuproq, tsellyuloza, filtr qog’ozi, paxta to’qimasi, tabiiy ipak, jun va boshqalar ishlatiladi. Adsorbtsiya, adsorbent va adsorbilanuvchi moddalar tabiatiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun adsorbentlar tanlab adsorbilash xossasiga ega, ko’proq sirt-faol moddalar adsorbilanadi. Nafaqat molekulalar adsorbilanadi, balki ionlar va kolloid zarrachalar ham adsorbilanadi. Ayniqsa organik moddalar ionlari yaxshi adsorbilanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling