O’zbyеkiston ryеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘li vazirligi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1562449
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
амалий колло

10- Amaliy mashg'ulot 
YUQORI 
MOLEKULALI 
BIRIKMALAR 
(YUMB). 
MAKROMOLEKULALARNING TUZILISHI. CHEKLI VA CHEKSIZ 
BO‘KISH, BO‘KISH DARAJASINI ANIQLASH 
Polimerlar tarkibidagi molekulyar zanjirlarning tashqi sharoit 
o’zgartirilganda o’z konfiguratsiyasini o’zgartirish xususiyati, ya‘ni ularning 
eguluvchan yoki qattiq bo’lishi makromolekulaning asosiy xarakteristikasini 
tashkil qiladi. Ana shu jihatdan qaraganda barcha makromolekulalar quyidagi 
beshta asosiy tipga bo’linadi. 


23 
1. Chiziqsimon eguluvchan makromolekulalar. Bu tipdagi polimerlarni tashkil 
qilgan makromolekulalarning zvenolari erkin ravishda aylana oladi va zanjirlar 
bir – biriga kuchli o’zaro ta‘sir ko’rsatmaydi. Bunday makromolekulali 
polimerlarga tabiiy kauchuk, kauchuksimon sintetik moddalar (poliizobutilen, 
butadien kauchuk) misol bo’la oladi. 
2. Uzunchoq qattiq makromolekulalar. Uzinchoq qattiq makromolekulalardan 
tuzilgan polimerlar qatoriga sellyuloza va uning efirlari kiradi. Bu guruhdagi 
polimerlarning 
barchasi 
qutbli 
polimerlardir. 
Qutbli 
polimerlar 
makromolekulalari zanjirlarining zvenolari faqat cheklangan darajadagina 
aylana oladi va zanjirlar bir – biriga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun 
qutbli polimerlarga tashqi kuchlanish qo’yilganida nisbiy uzayish kauchukdagi 
kabi katta bo’lmaydi. 
3. Spiralsimon makromolekulalar. Oqsillar va nuklein kislotalarning 
makromolekulalari 
spiralsimon 
molekulalar 
jumlasiga 
kiradi. 
Oqsil 
molekulalarining spiral konfiguratsiyasi molekulani anchagina qattiq qilib 
qo’yadi. 
4. Tarmoqlangan makromolekulalar. Tarmoqlangan makromolekulalardan 
tuzilgan polimerlar qatoriga kraxmal, glikogen va ba‘zi boshqa polisaxaridlar 
kiradi. Kraxmal tarkibining 10 – 20% ini suvda eruvchan va molekulyar massasi 
10000 – 60000 u.b. ga teng bo’lgan uzunchoq qattiq molekulalardan iborat 
amilaza tashkil qiladi; kraxmalning qolgan asosiy qismini molekulyar massasi 
1000000 u.b. ga yaqin amilopektin tashkil qiladi, amilopektin kuchli 
tarmoqlangan molekulalardan tuzilgan va u suvda erimaydi, faqat bo’ka oladi. 
Kraxmal sovuq suvda erimaydi, qaynoq suvda esa bo’kib, yelim hosil qiladi. 
Kraxmalni gidroliz qilish natijasida eruvchan kraxmal, dekstrin, patoka va 
glyukoza olinadi. 
5. Fazoviy (o’ch o’lchamli) makromolekulalar. Jun tabiiy fazoviy polimer 
bo’lib, unda peptid zanjirlar disulfid bog’lanishlar orqali birlashgan. 
Chiziqsimon polimerlarga aktiv to’ldirgichlar (masalan, kauchukka qurum) 
qo’shilganida fazoviy makromolekulalar hosil bo’ladi. Fazoviy polimerlar faqat 
ma‘lum chegaragacha bo’ka oladi. Ularda oquvchanlik hodisasi mutlaqo 
kuzatilmaydi. Fenolformaldegid, mochevinaformaldegid va boshqa smolalar 
ham fazoviy polimerlar jumlasiga kiradi. 
POLIMERLARINING ERISH JARAYONI 
Polimerning erishi ularning bo’kishidan boshlanadi. Bo’kish hodisasi quyi 
molekulyar moddalarda uchramaydi. 
Yuqori molekulyar moddalar haqidagi nazariya polimerlarning bo’kish va erish 
hodisasini suyuqliklarning o’zaro aralashish jarayoni deb qaraydi, chunki u 
ko’pchilik polimerlar kristall holatda bo’lganligi uchun ularni o’ta sovitilgan 
suyuqlik deb qarash mumkin. 
Polimer erituvchiga tushirilganida faqat erituvchining molekulalari polimer 
makromolekulalari orasiga kiradi. Polimerning makromolekulalari nihoyatda 


24 
salmoqli bo’lganligi uchun sust harakatlanadi. Shuning uchun polimerning erish 
jarayoni sust boradi. Erituvchiga tushgan polimer bo’ka boshlaydi. Bu vaqtda 
erituvchi molekulalari makromolekulalar orasidagi bo’sh fazalarni to’latib, 
polimerga yutiladi. Polimerga yutilgan erituvchining molekulalari polimer 
zanjirlari zvenolarini bir – biridan uzoqlashtirib ular orasidagi o’zaro ta‘sir 
kuchlarini kamaytiradi. Natijada polimer g’ovaklashadi. Polimer ichida hosil 
bo’lgan g’ovak bo’sh joylarni erituvchining yangi – yangi molekulalari band eta 
boshlaydi. Shunday qilib bo’kayotgan polimerning hajmi kattalashadi va 
natijada polimer makromolekulalari polimer jismdan uzilib, eritmaga o’ta 
boshlaydi, ya‘ni polimer eriy boshlaydi. Lekin polimerning bo’kishi hamma 
vaqt ham erish bilan tugayvermaydi, bo’kkan polimer erimay qolishi ham 
mumkin. Suyuqliklar kabi polimerlar ham cheksiz bo’kadigan va chekli 
bo’kadigan bo’ladi. Cheksiz bo’kadigan polimerlargina avvalo suyuqlikni yutib 
bo’kkanidan keyin eriy boshlaydi va gomogen sistema hosil qiladi. 
3. POLIMERLARNING DEFORMATSIYALANISHI 
Uzun zanjirsimon polimer makromolekulasi o’zining konformatsiyasini 
mexanikaviy yuk, harorat, erituvchi va hokazo ta‘sirlar natijasida o’zgartirish 
mumkin. Lekin polimer shaklining bunday o’zgarishlari sustlik bilan amalga 
oshadi. Buning sababi shundaki, polimer makromolekulasining o’lchami juda 
katta va ular bir – biriga ta‘sir ko’rsatib turadi. Shunga ko’ra polimerga tashqi 
ta‘sir ko’rsatilganida uning strukturasining o’zgarish jarayoni asta – sekin 
ma‘lum (ba‘zan ancha uzoq) vaqt davomida sodir bo’ladi. Avval ko’rsatilgan 
tashqi ta‘sir natijasida polimer holatining kechikib o’zgarishi relaksatsiya deb 
ataladi. Bu xodisa, masalan, polimerning mexanikaviy xossalari o’zgarishida 
namoyon bo’ladi. Polimerga tashqi mexanikaviy ta‘sir ko’rsatilganida polimer 
materiali holatining o’zgarishi bu ta‘sir qancha vaqt davom etishiga bog’liq. Bir 
bo’lak polimer material olib, uning tepa tomonini taxtaga mahkamlab, past 
tomoniga yuk osilsa, avval polimer parchasi ozgina uzayadi, yuk uzoq vaqt shu 
holda qoldirilganida uzayish kupayadi. Polimer yoyiluvchanlik namoyon qiladi.
Elastik deformatsiya (

Э
), yuqori elastik deformatsiya (

Ю.Э.
) va qoldiq 
deformatsiya (

Š
) lar polimerning umumiy deformatsiyasi (

У
) ni tashkil etadi: 
(

У
) = (

Э
) + (

Ю.Э.
) + (

Š

Elastik deformatsiya polimer zanjirida bo’lgan va o’zining dastlabki holatiga 
qaytayotgan atomlararo valent burchaklarning o’zgarishi tufayli vujudga keladi. 
Shuning uchun ham polimerning ayni vaqtdagi harakati prujina harakatini 
eslatadi. 
Makromolekula zanjirlari bir – biriga nisbatan siljimagan holda tug’rulanganida 
yuqori elastik deformatsiya kelib chiqadi. 


25 
Qoldiq deformatsiya makromolekulalarning bir – biriga nisbatan siljishi 
(«siyqalanishi») natijasida vujudga keladi, bunda polimer xuddi suyuqlik kabi 
oqa boshlaydi, shu sababdan qoldiq deformatsiya ba‘zan «oquvchan 
deformatsiya» deb ham ataladi. Demak, elastik va yuqori elastik deformatsiyalar 
qaytar deformatsiyalar bo’lib, birinchisi bir lahzada, ikkinchisi ma‘lum vaqt 
mobaynida sodir bo’ladi. Lekin qoldiq deformatsiya qaytmas jarayonlar 
jumlasiga kiradi. 
Polimer deformatsiyalanganida uning hajmi ichki kuchlarnishlar (tortilish yoki 
siqilishlar) vujudga keladi. Polimer parchasi tez cho’zilsa, uning 
makromolekulasi zanjirlari qayta joylanishga ulgirolmagani sababli polimerda 
katta ichki kuchlanishlar hosil bo’ladi. Cho’zilib turgan polimerda chuzuvchi 
kuch ta‘sirida makromolekulalar qayta joylana boshlaydi, ma‘lum vaqt 
o’tgandan keyin polimerdagi ichki kuchlanishlar kamaya boradi. Agar polimer 
asta – sekin cho’zilsa, polimerlarda yuqori elastik va qoldiq deformatsiyalar 
rivojlanishga ulgurmaydi, polimerda mo’rtlik paydo bo’lib, polimer materiallar 
hatto yemirilib ketadi. Polimerlardan buyumlar tayyorlashda ularning 
deformatsiyalanish xususiyatlari hisobga olinadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling