O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Quduq tubiga ta’sir etish usullarini qo‘llash va solishtirish
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.7. G‘arbiy Toshli konining joriy ishlash holat tahlili
2.6. Quduq tubiga ta’sir etish usullarini qo‘llash va solishtirish
orqali ularni samaradorligini aniqlash. Quduq tubiga ta’sir etish usullarining samaradorligi bu quduqning texnologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari orqali baholanadi. Samaradorlikni aniqlash uchun quduqdagi olinadigan mahsulot miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotdan foydalanib, bu quduqning ishlash grafigi chiziladi. Bu grafikning abssissa o‘qida vaqt va ordinata o‘qida oy davomida o‘rtacha sutkalik mahsulot miqdori belgilanadi. Quduqqa ishlov berish muddati x belgisi bilan belgilangan. Ishlov berish natijasida quduqning samarali ishlash muddati T va uning hisobiga qo‘shimcha olingan neft miqdori q ga teng. Iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali hisoblanadi: bu yerda: C - iqtisodiy samara; q - qo‘shimcha olingan neft miqdori; T – 1 tonna neftning tannarxi; X – usulni bajarishga sarflangan xarajat. Quduq tubiga har xil usul bilan yillar davomida bir necha marta ta’sir etish mumkin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ishlov berish soni oshgani sari samaradorlik kamayib borar ekan. 2.7. G‘arbiy Toshli konining joriy ishlash holat tahlili G‘arbiy Toshli koni 1972 yilda ishga tushirilgan. Konda geologiya qidiruv ishlari 1969-1972 yillarda olib borilib XIII-bo‘r va XV-XVa-yura qatlamlarida neft borligi aniqlangan. Mahsuldor qatlamning uzunligi 4km., eni 1km, balandligi 51m, mahsuldor qatlam chuqurligi 1100 m., boshlang‘ich qatlam bosimi 112 kg/sm2. Boshlang‘ich suv- neft chegarasi 1146 m. bo‘lib joriy suv-neft chegarasi 1110-1120 metr oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Kondan neft qazib chiqarish 1972 yil 1- sonli quduq XIII-qatlamdan 1063-1117m. oralig‘idan gaz va XV-qatlam 1472-1580m. oralig‘idan bir kecha kunduzda 59 m3 neft qazib olish bilan boshlangan. Kondagi XV-qatlamda NSCh (VNK) minus 1102m, XIII-qatlamda NSCh (VNK) minus 725m abs.otmetkada. Konning umumiy maydoni- 280,0 ga teng bo‘lib bir quduqning joylashish setkasi 4,6 ga, ishlatish quduqlarining joylashishi bo‘yicha 11,2 ga to‘g‘ri keladi. Kon ishga tushgandan XIII qatlamdan 1062,193 ming tn, XV-qatlamdan 460,036 ming tn., jami 1522,229 ming tn. neft qazib olindi, bu zaxiraga nisbatan 95,68 % ni tashkil qiladi. 01.01.2018 yil xolatida kondan XIII qatlamdan 6,939 ming tn, XV-qatlamdan 3,079 ming tn., jami 10,018 ming tn neft qazib olindi. Mahsuldor qatlamni boshlang‘ich bosimi 112 kg/sm2 bulib, 01.01.2018 yil xolatiga qatlam bosimi 52 kg/sm2ni tashkil kilmokda. Konda suyuqlikning statik sathi o‘rtacha 498 metrni, dinamik sathi esa 610 metrni tashkil qiladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Toshli konidagi 31 ta ishlatish qudug‘idan bir kunda o‘rtacha 25-28 tn neft qazib olinmoqda. G‘arbiy Toshli koni quduqlari mexanik usulda to‘liq chuqurlik nasosi bilan ishlatildi. Bu quduqlarda muntazam ravishda chuqurlik nasosini ta’mirlash, almashtirish, nasos kompressor quvurini germetikligini tekshirish, shtangalarini almashtirish borasida quduqlarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling