O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»


Download 1.16 Mb.
bet7/28
Sana17.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1204939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
G‘arbiy Toshli

1.5. Neft va gazlilik
G‘arbiy Toshli maydoni ko‘lami karbonat qatlamida neft va gaz zahiralari XVI gorizontning yuqori qismi XV “a” gorizontga tutashgan holda mavjud.
XV gorizont asosan qalinliklari kam bo‘lgan qatlamlardan va mahsuldor qatlamlar bilan almashib keladigan o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan qatlamlardan iborat. №13 quduqdan sharqda XV-gorizontda kollektorlar yo‘q. №17 va №13 quduqlarini ishlatib ko‘rilganda ularda mahsulot borligi, ammo juda ozligi aniqlandi. XV “a” gorizontdan bu quduqlarga gaz kelishi esa sanoat nuqtai nazaridan yo‘q desa bo‘ladigan darajadadir.
Maydonning g‘arbiy tomonida XV “a” gorizont kollektor qatlamlarining gorizont qatlami bo‘ylab keng tarqalgani bilan ajralib turadi. Bu hol №17 va №13 quduqlar hududida kuzatiladi. Bu hududdagi quduqlardan №1 ni (1400-1500 intervalda) va №15 ni (1496-1506 intervalda) ishlatilib ko‘rilganda 14 atm depressiya hosil qilinganda 2000 ming m3/sutka va 11,3 atm depressiya hosil qilinganda 266 ming m3/sutka gaz oligan. Bundan tashqari №15 quduqdan (1512-1513m) neft va gaz olingan. 10mm lik shtutserda neftning debiti 21,8 m3/sutka va gazning debiti esa 12,8 ming m3/sutkani tashkil qiladi.
XV “a” gorizontda kollektorlarning boshqa retrografik tafovutlari dolomitlashgan ohaktosh, dolomitlar va kamroq uchraydigan donador ohaktoshlar shaklidadir.
Bu kollektorlarning o‘tkazuvchanligi ko‘pchilik hollarda 1 milli darsi darajasidan kam, ammo G‘arbiy Toshli maydonida to‘plamida bunday kollektorlarda gaz joylashgan. Shuning uchun ular sanoat ahamiyatiga ega va ega emasligiga ajratadilar, chunki gaz o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan XV “a” gorizontdan sanoat maqsadida ishlatsa bo‘ladigan darajada gaz olinadi.
Geofizik tadqiqotlar ham konning sharqiy qismining kollektorlik xususiyatlarini past ekanligini ko‘rsatdi, faqat XV “a” gorizontni olganda qatlamning yuqori qatlamning yuqori qismida 2 metr qalinlikda o‘tkazuvchanligi yaxshi kollektor borligi aniqlandi. Bu kollektorning o‘tkazuvchanligi 2,3 darsi ekanligi aniqlandi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling