1.6. Qatlam suyuqliklarining fizik-kimyoviy xossalari
1963-1973 yillarda G‘arbiy Toshli koni zahiralarini hisoblash davrida qatlam neft namunalari olindi va o‘rganildi. Namunalar chuqurlikdagi namuna olgich PD-3M bilan olindi, so‘ngra laboratoriya qurilmasi UKPN-2 tekshirib ko‘rildi. Bunda bir xil turdagi gazsizlanganlik asosiy qatori aniqlandi. Xuddi shunday neft va gaz namunasi o‘rganib chiqildi. Bu hol neftning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari qatori ajralib turadi. Uglevodorod qatorlari zichligi, rangi, fraksiyalar miqdori uglevodorod qatori, tarkibi va boshqalar [1,12,13].
G‘arbiy Toshli konidagi neftlar boshqa neftlardan o‘rtacha og‘irligi va kam oltingugurtligi bilan ajralib turadi.
Neftning gaz tarkibi 23 m3/tonnaga, hajmiy koeffitsiyenti esa 1,1 ga teng. Qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi 4,1 SPZ to‘yinganlik bosimi 7,5 MPa, solishtirma og‘irligi 827 kg/m3 ga teng.
O‘rtacha miqdori % larda oltingugurt-0,2; parafin-0,2; koks-4,5; mexanik aralashmalari 1,14; qatlam harorati-68 0S.
Yuza sharoitda neftning solishtirma og‘irligi 0,89 g/sm2, neftning qovushqoqligi 20 0C haroratda 25,9 SPZ. Neft tarkibidan har xil past atomli komponentlar olish mumkin, avto benzin chiqish 12,5% gacha va kerosinli komponentlar 27 % gacha, 350 0С yuqori qoldiqlardan har xil bazali joylar miqdori 29% gacha olish mumkin.
Kondagi yo‘ldosh gaz 45ta namuna orqali o‘rganib chiqildi, shundan 5 tasi chuqurlikdagi. Kondagi erigan gaz metanning 69,6% kam karbonat angidrit gaz miqdori bilan ajralib turadi. Karbonat angidrit gaz miqdori bilan ajralib turadi [18,19,21]. Karbonat angidrit gazi miqdori 2,3-2,1 % atrofida o‘zgaradi. Standart sharoitda gazning zichligi 0,85 kg/m3 ga teng yoki havoga nisbiyligi 0,99. Qatlam suvlari neft gazlilik (yura yotqiziqlari) past qavatda kalsiyliklar namokobi ko‘rinishda qaraladi. Suvning umumiy minerallashuvi 2,61-83,2 g/m o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |