O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Asosiy qism 2.1. Quduq mahsuldorligini pasayish sabablarini o‘rganish
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
Asosiy qism
2.1. Quduq mahsuldorligini pasayish sabablarini o‘rganish. Qatlamdan neft olish va unga ta’sir etish jarayoni quduq orqali bajariladi. Bu yerda suyuqlikning harakati, bosim gradiyenti, energiyaning sarflanishi, sizilishdagi qarshiliklarning maksimal qiymatlari parametrlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Konlarni ishlatish samaradorligi, qazib olinadigan mahsulot miqdori, haydovchi quduqlarning sig‘imdorligi va quduqdan suyuqliklarni ko‘tarishda foydalaniladigan energiyaning samaradorligi quduq tubi atrofining holatiga bog‘liq. Quduq tubi atrofidagi ishqalanish qarshiligini yengib o‘tish, qatlamdan suyuqlikni olish hamda quduqdan qatlamga suyuqlikni haydashda energiyani kam sarflanishiga erishish muhim hisoblanadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida suyuqlikning bosim kuchlari quduqning atrofida qayta taqsimlanadi. Quduq tubi atrofi zonasiga qisqa vaqt davomida ta’sir etib, teshish quduq tubi atrofidagi jinslarga har xil chastotali tebranishlardagi zarbalar bilan kristallarning qirralariga pezoelektrik samara bilan ta’sir qiladi. Neftni qazib olishda qatlamga suyuqliklar – neft, suv va gaz qazib olinadigan quduqlarning tubi zonasi orqali va haydaladigan suyuqliklar esa QTZ si orqali haydaladi. Qazib olish jarayonida quduqda harorat va bosimning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Buning natijasida og‘ir uglevodorodlar (smolalar, parafin, asfaltenlar va boshqalar) va haroratning o‘zgarishi bilan quduq tubi zonasida tuzlarning o‘tirib qolishiga olib keladi. Qatlamdagi filtratsiya qarshiligini kamaytirish uchun quduq tubi zonasida o‘tkazuvchanlikni oshirish, quduq devori bilan tutashuvchanligini yaxshilash hamda oqimning kirib kelishini kuchaytirish va energiya sarfini kamaytirish uchun ta’sir etuvchi tadbirlar amalga oshiriladi. Quduqlarni ishlatish jarayonida vaqt o‘tishi bilan bu quduqlarning maxsulot miqdori kamayadi. Ma’lumki, quduqning mahsulot miqdori asosan tog‘ jinslarining o‘tkazuvchanligiga bog‘lik. Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullarini qo‘llashdan maqsad quduqlarning mahsuldorligini va quduq tubi atrofi zonasining o‘tkazuvchanligini oshirishdan iborat. Quduqlarning mahsulot miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda - quduqning mahsulot miqdori, - o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, - qatlam qalinligi, - qatlam bosimi, - quduq tubi bosimi, - to‘yinish konturi radiusi, - quduq tubi radiusi, - quduqning gidrodinamik nomukammalik koeffitsiyenti. Quduq tubi zonasiga ta’sir etish usullarini kimyoviy, mexanik, issiqlik va aralash kabi to‘rtta asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling