O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konning geologik-fizik o‘rganish tarixi
- G‘arbiy Toshli koni tuzilish xaritasi
- 2.3. Tektonika
Geologik qism
G‘arbiy Toshli konlarining geologik tavsifi G‘arbiy Toshli neft va gaz koni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Qarshi shahrining shimoliy-sharqiy tomonidan 35km masofada joylashgan. Bu hudud qir va adirlardan iborat past tekisliklardan tashkil topgan. Yerning yuza qismi hozirgi antropogen cho‘kindilardan tashkil topgan [1]. Relefning mutloq balandligi dengiz satxidan 420-430 m ni tashkil qiladi. Konning texnik suv bilan ta’minlashni neogen yotqiziqlariga burg‘ilangan quduqlar yordamida amalga oshiriladi. Hududning iqlimi kontinental bo‘lib, yoz oylarida o‘rtacha harorat +30 0С dan +45 0С gacha, qishda esa -25 0С gacha bo‘ladi. O‘simlik va hayvonot dunyosi kambag‘al va bir xildir. Konning G‘arbiy tomonidan 10km masofada Qoraxitoy neft va gaz koni joylashgan, shimoliy-sharqiy tomonidan 10km masofada “Saricha” gaz koni joylashgan. Janubi-g‘arbiy tomonida 30-45km masofada “Buxoro-Ural” gaz quvurlari tarmog‘i o‘tadi. G‘arbiy Toshli konida hududning katta suv tarmoqlari yo‘q, xizmatchi xodimlar uchun konda yig‘ma uylar mavjud. Konning geologik-fizik o‘rganish tarixi G‘arbiy Toshli konining aniqlanish munosabati bilan Buxoro-Xiva neft va gazli viloyatida katta hajmdagi geologik qidiruv ishlari boshlab yuborilgan [1,2,3]. Toshli konlari joylashgan hudud 1940 yillarning oxiridan boshlab har xil geofizik usullar bilan sistemali tarzda o‘rganib kelinmoqda. Barcha uchastkalarda aeromagnit razvedka, elektrorazvedka va seysmorazvedka ishlari o‘tkazildi. 1962 yilda mufassal seysmik ishlari o‘tkazilishi natijasida Azlartepa va G‘arbiy Toshli tuzilmalari to‘liq o‘rganildi va chuqur burg‘ulash ishlari natijasida G‘arbiy Toshli konining g‘arbiy tomonida gumbaz shaklidagi tuzilma mavjud ekanligi aniqlandi. G‘arbiy Toshli koni tuzilish xaritasi Bu ishlar natijasida yuqori yuraning karbonat cho‘kindilarida gaz va kondensat uyum borligi aniqlandi. (XV-XVI “a” gorizonti). 1972-73 yillarda chuqur qidiruv-burg‘ilash natijasida XII gorizontning quyi bo‘r bo‘limida neft uyumi 1982-84 yillarda esa yuqori bo‘rning XII gorizontidagi neft zahiralari aniqlandi. Geologik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, neftning asosiy zahiralari neft uyumining XIII gorizontida, gaz va ko‘p miqdordagi neft va gaz kondensat uyumning XV-XVI “a” gorizontlarida joylashgan kompleks geologik-geofizik tekshirishlar natijasida konning neft va gazliligi va ularning zahiralarini o‘rganishga imkon yaratildi. 2.3. Tektonika G‘arbiy Toshli neft va gaz koni Azlartepa ko‘tarilmasining janubiy qismida joylashgan. Bu ko‘tarilma chegarasida 3 ta antiklinal zona mavjud: shimolda-Gardon zonasi, janubroqda Toshli va Azlartepa zonalari, Toshli zonasi Azlartepa zonasidan g‘arbda joylashgan va undan har xil tektonik buzilishlari bilan farq qiladi [1]. G‘arbiy Toshli konining shimoliy qismida murakkablik yuzaga kelgan. Ammo bu buzilishlar neft va gaz qatlamlarining morfologiyasiga, joylanishlariga ta’sir etmaydi. Chuqurroq joylashgan zonalarda ham (XV, XV “a”, XVI) qatlam tuzilmasi XIII gorizontnikidan deyarli farq qilmaydi. Karbonat qatlamining yoriqlari ham hech ta’sir etmaydi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling