O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik usullarni
- Qatlamdan neft olish va unga ta’sir etish usullari.
Kimyoviy usullarni qatlamni tashkil etgan tog‘ jinslarini yoki uning yelementlarini, quduq tubi atrofi o‘tkazuvchanligini yomonlashishiga olib keluvchi yotqiziqlarni, masalan, tuzlar yoki temirbirikmalarini yeritish imkoni mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq. Kam o‘tkazuvchan karbonat (ohaktosh va dolomit) tog‘ jinslardan tuzilgan qatlamlarga kislotali ishlov berish usuli qo‘l keladi.
Mexanik usullarni zich tog‘ jinslardan tuzilgan mahsuldor qatlamlarda qo‘llash yaxshi natija beradi. Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning bu usuliga qatlamni gidravlik yorish misol bo‘ladi. Issiqlik usullari g‘ovak kanalchalar devoriga o‘tirib qolgan parafin va smolalardan tozalash va neftning qovushqoqligini pasaytirish uchun keng foydalaniladi. Ishlov berishning bu turiga quduq tubi atrofini chuqurlik elektr pechlar, bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchilar yordamida isitish misol bo‘ladi. Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning shunday turlari mavjudki, ular yuqorida sanab o‘tilgan uchta usulning xarakterli xususiyatlarini ifoda etadi. Masalan, issiq kislotali ishlov berishda qatlamning tog‘ jinslariga kimyoviy ta’sir etish bilan birga issiqlik yordamida ham ta’sir yettiriladi. Ta’sir etish usulini tanlash quduq tubi atrofi holatini va termodinamik sharoitlarni mukammal o‘rganishga, shuningdek mazkur konning yig‘ilgan tajribalarini sistematik ravishda o‘rganishga asoslanadi. Qatlamdan neft olish va unga ta’sir etish usullari. Qatlamdan neft olish va unga ta’sir etish jarayoni quduq orqali bajariladi. Bu yerda suyuqlikning harakati, bosim gradiyenti, energiyaning sarflanishi, sizilishdagi qarshiliklarning maksimal qiymatlari parametrlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Konlarni ishlatish samaradorligi, qazib olinadigan mahsulot miqdori, haydovchi quduqlarning sig‘imdorligi va quduqdan suyuqliklarni ko‘tarishda foydalaniladigan energiyaning samaradorligi quduq tubi atrofining holatiga bog‘liq. Quduq tubi atrofidagi ishqalanish qarshiligini yengib o‘tish, qatlamdan suyuqlikni olish hamda quduqdan qatlamga suyuqlikni haydashda energiyani kam sarflanishiga erishish muhim hisoblanadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida suyuqlikning bosim kuchlari quduqning atrofida qayta taqsimlanadi. Quduq tubi atrofi zonasiga qisqa vaqt davomida ta’sir etib, teshish quduq tubi atrofidagi jinslarga har xil chastotali tebranishlardagi zarbalar bilan kristallarning qirralariga pezoelektrik samara bilan ta’sir qiladi. Neftni qazib olishda qatlamga suyuqliklar – neft, suv va gaz qazib olinadigan quduqlarning tubi zonasi orqali va haydaladigan suyuqliklar esa QTZ si orqali haydaladi. Qazib olish jarayonida quduqda harorat va bosimning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Buning natijasida og‘ir uglevodorodlar (smolalar, parafin, asfaltenlar va boshqalar) va haroratning o‘zgarishi bilan quduq tubi zonasida tuzlarning o‘tirib qolishiga olib keladi. Qatlamdagi filtratsiya qarshiligini kamaytirish uchun quduq tubi zonasida o‘tkazuvchanlikni oshirish, quduq devori bilan tutashuvchanligini yaxshilash hamda oqimning kirib kelishini kuchaytirish va energiya sarfini kamaytirish uchun ta’sir etuvchi tadbirlar amalga oshiriladi. Quduqlarni ishlatish jarayonida vaqt o‘tishi bilan bu quduqlarning maxsulot miqdori kamayadi. Ma’lumki, quduqning mahsulot miqdori asosan tog‘ jinslarining o‘tkazuvchanligiga bog‘lik. Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullarini qo‘llashdan maqsad quduqlarning mahsuldorligini va quduq tubi atrofi zonasining o‘tkazuvchanligini oshirishdan iborat. Quduqlarning mahsulot miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda - quduqning mahsulot miqdori, - o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, - qatlam qalinligi, - qatlam bosimi, - quduq tubi bosimi, - to‘yinish konturi radiusi, - quduq tubi radiusi, S S - quduqning gidrodinamik nomukammalik koeffitsiyenti. Quduq tubi zonasiga ta’sir etish usullarini kimyoviy, mexanik, issiqlik va aralash kabi to‘rtta asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Kimyoviy usullarni qatlamni tashkil etgan tog‘ jinslarini yoki uning yelementlarini, quduq tubi atrofi o‘tkazuvchanligini yomonlashishiga olib keluvchi yotqiziqlarni, masalan, tuzlar yoki temirbirikmalarini yeritish imkoni mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq. Kam o‘tkazuvchan karbonat (ohaktosh va dolomit) tog‘ jinslardan tuzilgan qatlamlarga kislotali ishlov berish usuli qo‘l keladi. Mexanik usullarni zich tog‘ jinslardan tuzilgan mahsuldor qatlamlarda qo‘llash yaxshi natija beradi. Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning bu usuliga qatlamni gidravlik yorish misol bo‘ladi. Issiqlik usullari g‘ovak kanalchalar devoriga o‘tirib qolgan parafin va smolalardan tozalash va neftning qovushqoqligini pasaytirish uchun keng foydalaniladi. Ishlov berishning bu turiga quduq tubi atrofini chuqurlik elektr pechlar, bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchilar yordamida isitish misol bo‘ladi. Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning shunday turlari mavjudki, ular yuqorida sanab o‘tilgan uchta usulning xarakterli xususiyatlarini ifoda etadi. Masalan, issiq kislotali ishlov berishda qatlamning tog‘ jinslariga kimyoviy ta’sir etish bilan birga issiqlik yordamida ham ta’sir yettiriladi. Ta’sir etish usulini tanlash quduq tubi atrofi holatini va termodinamik sharoitlarni mukammal o‘rganishga, shuningdek mazkur konning yig‘ilgan tajribalarini sistematik ravishda o‘rganishga asoslanadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling