O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»


Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning


Download 1.16 Mb.
bet11/28
Sana17.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1204939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
G‘arbiy Toshli

Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning

kimyoviy usullari
Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning kimyoviy usullari asosan kislotali ishlov berishga asoslangan.
Quduqqa tuz kislotali ishlov berish usuli dastlab faqat karbonat tog‘ jinslaridan tuzilgan kollektorli konlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik uni qo‘llash kengaydi.
- karbonat tog‘ jinslaridan va tarkibida karbonat bo‘lgan qumtoshli konlarda quduq debitini oshirish maqsadida ishlov berish;
- haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligini oshirish maqsadida quduq tubi atrofiga kislotali ishlov berish;
- tuz qatlamlarini eritish maqsadida ishlov berish;
- parafin-smola qoldiqlarini g‘ovaklardan tozalash uchun termokislotali ishlov berish.
Tuz kislotali ishlov berish usuli tuz kislotasining karbonat tog‘ jinslarini eritishiga asoslangan. Bu reaksiya quyidagi tarzda kechadi.
A) ohaktosh uchun

B) dolomit uchun

Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan CaCl2 va MgCl2 suvda yaxshi eriydi va quduqdan chiqarish oson kechadi. Is gazi (CO2) ham yengil quduqdan oson chiqariladi yoki 7,6 MPa bosimda suvda yaxshi eriydi.
1l 15% li kislota eritmasi tarkibida toza NSL 161,2 g ni tashkil etadi. 1 kg ohaktoshni eritish uchun 4,53 l eritma, 1 kg dolomitni eritish uchun - 4,914 l 15%-li HCL eritmasi kerak bo‘ladi.
NSL eritmasiga quyidagi reagentlar qo‘shiladi:

  1. Ingibitorlar

  2. Intensifikatorlar

  3. Stabilizatorlar

Ingibitorlar – kislotaning quduq jihozlarini yemirishini pasaytirish uchun qo‘shiladi. Ular 1 % gacha qo‘shiladi:
formalin (0,6%), korroziya aktivligini 7 - 8 marta pasaytiradi;
unikol - (0,25 - 0,5%), korroziya aktivligini 30 - 42 marta pasaytiradi.
Eng ko‘p tarqalgan ingibitor – unikol PB-5 – qo‘ng‘ir rang suyuqlik bo‘lib, 0,25-0,5 % gacha unikol qo‘shilsa, karrozion aktivligini 31-42 martagacha kamaytiradi. Unikol tuz kislotasida to‘liq eriydi, lekin suvda erimaydi. Shuning uchun reaksiyadan keyin kislota eritmasi CaCl va MgCl ga aylanganda undan qoldiq qoladi, bu uning kamchiligidir. Shuning uchun uni juda kam miqdorda 0,1 % qo‘shiladi va bu karrozion aktivligini 15 martagacha kamaytiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan ingibitorlardan tashqari yuqori bosim va haroratlar uchun I-1-A (0,4%) va urotropin(0,8%) aralashmasi va UFYe8 lardan foydalaniladi, korroziya aktivligini (t = 87 °С va R = 38 MPa sharoitda) 20 martagacha pasaytiradi. Katapin A eng yaxshi ingibitorlardan hisoblanadi. 0,1 % qo‘shilganda eritmaning korroziya aktivligini 55 - 65 martagacha pasaytiradi, 0,025% (0,25 kg 1 m3 eritmaga) - 45 marta. t = 80 - 100 °С haroratda uning miqdori 0,2 % urotropin qo‘shish bilan 0,2 % gacha oshiriladi. Katapin A yaxshi kationaktiv sirt faol modda hisoblanadi.
Intensifikatorlar - sirt faol moddalar (SFM), neft chegarasida sirt taranglik kuchini 3 - 5 martagacha kamaytiradi, reaksiya mahsulotlaridan quduq tubi atrofini tozalashni tezlashtirish va yengillashtirishda foydalaniladi.
SFM ning qo‘shilishi kislotali ishlov berish samaradorligini oshiradi. Katapin A, katamin A, mervelan K(0) kabi ingibitorlar bir vaqtda intensifikator vazifasini ham bajaradi, chunki ular aktiv SFM hisoblanadi. Intensifikator sifatida OP-10, OP-7, 44 - 11, 44 - 22 va boshqa SFM ishlatiladi. OP-10, UFYe8, karbozalin O, katapin A va katamin A kabi sirt faol moddalar qo‘shilganda kislotaning karbonatlar bilan reaksiyasi 3 marta kamayadi. SFM moddalarning tog‘ jinsi yuzasida absorbsiya natijasida yo‘qolishini hisobga olib reagent konsentratsiyasi 2-3 marta oshiriladi.
Stabilizatorlar - reaksiya natijasida temir oksidi cho‘kindisi hosil qilinishining oldini olish maqsadida qo‘shiladi.

Tuz kislotasi gillar bilan ta’sirlashib allyuminiy tuzlarini hosil qiladi, sement va qumtosh bilan ta’sirlashib kremniy kislotasi geli cho‘kindisini hosil qiladi.
Buni bartaraf etish uchun stabilizatorlar sifatida uksus (СН3SOOН) va ftor kislotalari, shuningdek bir qator boshqa kislotalar (limon kislotasi) ishlatiladi.
Uksus kislotasi (СN3SOON) allyuminiy va temir tuzlarini yerigan holatda ushlab turadi va NSL eritmasini tog‘ jinsi bilan reaksiyasini kuchli sekinlashtiradi, bu esa konsentratsiyali NSL eritmasini qatlamning chuqurroq uchastkalariga haydash imkonini beradi.
Kislotaning ishchi eritmasi kondagi markaziy kislota bazasida yoki kamdan kam hollarda quduqda tayyorlanadi.
Tuz kislotasi temir yo‘l sisternalarida yoki avtosisternalarda keltiriladi.
NSL eritmasi texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlanadi.

Rasm Quduqlarga kislotali ishlov berish sxemasi

Ishlov berish samarasi kislota konsentratsiyasi, uning miqdori, bosimi, harorati, tog‘ jinsi tavsifi va boshqalarga bog‘liqdir.


Quduq tubi atrofiga 8-15 % konsentratsiyali tuz kislotali eritma bilan ishlov berish samarali hisoblanadi. Yuqori konsentratsiyali tuz kislota eritmasi bilan ishlov berish natijasida quduq jihozlarining mustahkamligiga ta’sir qilib ularni tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Past konsentrasiyali tuz kislota eritmalari yordamida ishlov berishda kislota eritmasi miqdorini ko‘proq olishga to‘g‘ri keladi va reaksiya natijalarini chiqarib olishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 1 m qalinlikka ishlov berish uchun 0,4-1,5 m3 hajmda konsentratsiyasi 8-15% bo‘lgan kislota eritmasi kerak bo‘ladi.
O‘tkazuvchanligi yomon kollektorlardan tuzilgan qatlamga va past debitli quduqqa ishlov berishda 0,4-0,6 m3 hajmda kislota eritmasi ishlatiladi. Yuqori o‘tkazuvchan qatlamlar uchun 0,8-1 m3 hajmda kislota eritmasi qo‘llaniladi. Yuqori o‘tkazuvchan tog‘ jinslaridan tuzilgan va boshlang‘ich debiti yuqori bo‘lgan quduqlar uchun 1-1,5 m3 hajmda kislota eritmasi qo‘llaniladi.
Qatlam bosimi kichik bo‘lgan quduqlarda 10-12% li tuz kislotali eritma bilan ishlov berish kerak bo‘ladi. Yuqori bosimli quduqlarda 12-15% li tuz kislotasi bilan ishlov berilsa yaxshiroq natija beradi. 8% li kislota eritmasi bilan karbonatli qumtoshlardan tuzilgan qatlamlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi.
Tuz kislotasi zavodda yuqori konsentratsiyada ishlab chiqariladi. Uni bu holatda qo‘llash qiyin, uni qo‘llashdan oldin kerakli konsentratsiyagacha suv bilan aralashtiriladi.
Tuz kislotasining 4 xil turi ishlab chiqariladi:
a) sintetik texnik tuz kislotasi;
b) texnik tuz kislotasi;
v) organik kelib chiqishli obgazlardan tayyorlangan tuz kislotasi;
g) zavodni o‘zida ingibirlangan tuz kislotasi.
Quduqqa tuz kislotali ishlov berishda kislota eritmasi markaziy kislota bazasida yoki ishlov berilayotgan quduq atrofida tayyorlanadi. Buning uchun jadvalda ko‘rsatilgan suv miqdoridan umumiy qo‘shiluvchilar uksus kislotasi va agar kerak bo‘lsa, ftor kislotasi miqdorlari yig‘indisini ajratib o‘lchov idishiga quyiladi. Keyin ko‘rsatma bo‘yicha hisoblab chiqilgan kislota miqdori suvning ustidan idishga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Zichligi bo‘yicha eritma konsentratsiyasi tekshiriladi va agar suv kam bo‘lsa – suv, kislota kam bo‘lsa –kislota qo‘shiladi. Keyin eritmaga VaCl qo‘shilib, u aralashib ketgunga qadar aralashtiriladi. Aralashtirilib bo‘lgandan keyin 5 minut o‘tqazib intensifakator qo‘shiladi va eritma yana aralashtiriladi. Eritma to‘liq oqarguncha 2-3 soat tinch qoldiriladi va shundan keyin eritma ishlov berishga tayyor bo‘ladi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling