O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
Quduqlarga kislotali ishlov berish sxemasi
a) Ishlayotgan pakerli gazkondensat qudug’i b) Quduqqa 13 % kislotali eritma haydaladi v) Kislotali eritma bostiruvchi suyuqlik bilan bostiriladi g) Belgilangan vaqt o’tgandan sung quduq ishga tushiriladi Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning mexanik usullari Mexanik usullarni zich tog‘ jinslardan tuzilgan mahsuldor qatlamlarda qo‘llash yaxshi natija beradi. Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning bu usuliga qatlamni gidravlik yorish misol bo‘ladi. Qatlamni gidravlik yorish usuli – yomon o‘tkazuvchan zich tog‘ jinslaridan tuzilgan neft quduqlarini mahsuldorligini oshirish va haydovchi quduqlarda qatlamning qabul qiluvchanligini oshirishda eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu usulda yer yuzidan haydalayotgan yuqori bosimli suyuqlik yordamida mahsuldor qatlamda bosim hosil qilish va mavjud yoriqlarni kengaytirib quduq mahsuldorligi oshiriladi. Hosil qilingan yoriqlar bosim tushgandan keyin qayta yopilib qolishini oldini olish uchun qatlamga kvars qumlari suyuqlik bilan haydaladi. Hosil qilingan yoriqlar qatlamga bir necha o‘n metrlab kiradi va quduq mahsulotini bir necha o‘n marotaba oshiradi. Qatlamni gidravlik yorish quyidagi ketma-ket bajariladigan jarayonlar orqali amalga oshiriladi: qatlamda yoriq hosil qilish uchun suyuqlikni haydash; - hosil qilingan yoriqlarni to‘ldirish uchun qum tashuvchi suyuqlikni qum bilan haydash; - yoriqlarga qumni bostirish uchun bostiruvchi suyuqliklarni haydash. Rasm Qatlamni gidravlik yorish tarxi qatlamda darzliklar hosil qilish uchun qatlamni yoruvchi suyuqlik haydash; qum tashuvchi suyuqlik haydash; qumni qatlamga yetkazish uchun bostiruvchi suyuqlik haydash. Asosan yoruvchi suyuqlik va qum tashuvchi suyuqlik sifatida bir- xil suyuqlikdan foydalaniladi. Shuning uchun bu suyuqliklarni atashni soddalashtirish uchun yorish suyukligi deb ataladi. Ikki xil yorish suyuqligi qo‘llaniladi: uglevodorodli suyuqlik; suvli eritmalar. Bularning birinchisi neft va gaz quduqlari uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi qatlam bosimini saqlash maqsadida ishlatiladigan suv haydovchi quduqlar uchun qo‘llaniladi. Qatlamni gidravlik yorishda ishlatiladigan qum quyidagi talablarga javob berishi kerak; 1. Yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lish. 2. Yuqori o‘tkazuvchanlikni saqlab turish. Quduqlarni gidravlik yorishda odatda diametri 0,5 - 10 mm bo‘lgan kvars qumi ishlatiladi. Qatlam yorilganligini haydaladigan suyuqlik miqdori va haydalish bosimi orasidagi bog‘liqlik grafigidan bilish mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling