Rasm Qatlamni gidravlik yorishda yer osti jihozlarining joylashish tarxi.
1-mustahkamlovchi quvurlar tizmasi;
2-nasos-kompressor quvuri;
3-gidravlik yakor;
4-paker;
6-mahsuldor qatlam;
7-dumcha.
Rasm KrAZ-257
|
Rasm Qatlamni gidravlik yorishda yer osti jihozlarining joylashish tarxi.
1-mustahkamlovchi quvurlar tizmasi;
2-nasos-kompressor quvuri;
3-gidravlik yakor;
4-paker;
5-mahsuldor qatlam;
6-dumcha.
|
Mexanik usullarni yana biri quduqlarni suyuqlik qum aralashmasi yordamida perforatsiya qilish hisoblanadi.
Suyuqlik va qum aralashmasi abraziv xossalariga ko‘ra yo‘naltirgichli maxsus perforator yordamida katta bosim ta’sirida bu aralashma haydalishi natijasida mustahkamlovchi quvur va sement halqasi kesilib, qatlamdan quduqqa yo‘l ochiladi.
Bu usulni qo‘llashda abraziv material sifatida diametri 0,5 - 0,8 mm bo‘lgan kvars qumi ishlatiladi. Bu qumning suyuqlikdagi konsentratsiyasi 50 - 100 g/dm3 ni tashkil etadi.
Suyuqlik - qum aralashmasini bir uzatgich orqali haydash tezligi 3 - 4 m/s. Bu holatda uzatgichdagi bosimlar ayirmasi 18,5 - 22 MPa va suyuqlik oqimi tezligi 200 - 300 metrga teng.
Quduqlarni torpedalash ham mexanik usullaridan biri hisoblanib, unda quduq mahsulotini oshirish maqsadida portlovchi modda bilan zaryadlangan torpeda mahsuldor qatlam qarshisida portlatilib, quduq diametrini oshiradi va bir qator darzliklar hosil qiladi.
Portlovchi modda sifatida trotil, tetril, geksogen, nitroglitserin va boshqalar ishlatiladi.
Quduq tubi atrofiga ta’sir etishning issiqlik usullari
Quduq tubiga issiqlik usullari bilan ta’sir etish ayniqsa parafinli va mumli neftlarni ishlatishda qo‘l keladi.
Issiqlik natijasida quvur hamda quduq devorida va tub qismida qotgan parafin va qum eritilib yer yuzasiga ko‘tariladi. Natijada quduqning mahsulot miqdorini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Quduq tubini elektr isitkichlar yordamida, bug‘, issiq neft va neft mahsulotlari yordamida hamda termokimyoviy usulni qo‘llab isitish mumkin.
Quduqqa, shuningdek isitilgan suv bug‘ini haydab, issiqlik quduq va qatlamga tarqalishi uchun quduq bir necha soatga to‘xtatiladi. Bu muddat tugagach, quduqni odatdagiday ishga tushirish mumkin. Termokimyoviy usulni qo‘llashda quduqqa issiq kislota haydaladi. Natijada ikki tomonlama samaraga erishish mumkin: ham kislota bilan tog‘ jinslari orasidagi reaksiya natijasida o‘tkazuvchanlikni oshirish hisobiga, ham issiq kislota yordamida parafin va mum eritilib quduq tozalanadi.
Nasos kompressor quvuriga maxsus reaksion uzatgich ulanib, unga magniy joylashtiriladi. Kislotani haydash jarayonida u avval magniy bilan reaksiyaga kirishib, katta issiqlik (470 kilojoul) ajratadi va qatlamga issiq kislota haydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |