O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
2HCl + Mg + H2O = MgCl2 + H2O + H2 + 470 kDj
Termokimyoviy usul, ayniqsa o‘ta qovushqoq neft konlarini ishlatishda yaxshi samara beradi. Ko‘plab neft quduqlarida quduq tubi qismiga parafin va smolalar qotib qolishi kuzatiladi. Parafinsizlantirish uchun kimyoviy usullar bilan bir qatorda issiqlik usullari ham qo‘llaniladi. Issiqlik usulida qotib qolgan parafinlarni eritib yer yuziga chiqariladi. Quduq tubini qizdirish uchun mo‘ljallangan neft o‘lchov idishda harakatlanuvchi bug‘ qurilmasi PPU yordamida qizdiriladi. Isitilgan suyuqlik quduqqa NKQ orqali haydaladi. Quduqning halqa qismidan haydalsa, quduq devorini qizdirish uchun juda ko‘p issiqlik sarflanadi. Quduq tubiga elektr issiqlik bilan ishlov berish. Quduq tubini qizdirish uchun elektr isitkichlardan ham foydalaniladi. Quduq tubini qizdirish samarali bo‘lib, quduq debiti 1 dan 12 martagacha ortadi. Uning ta’siri 2-10 oygacha davom etadi. Quduq tubi haroratini yuqori darajada ushlab turish parafin qatronlarni qotib qolishini oldini oladi va quduq tubi o‘tkazuvchanligini pasayishiga yo‘l qo‘ymaydi, bunda quduqqa oqib kelayotgan neftning qovushqoqligi pasayishiga erishiladi. Buning natijasida quduq debiti ancha yuqori darajada ushlab turiladi. Quduq tubini vaqti-vaqti bilan qizdirish natijasida uning harorati doimiy tushib boradi va uning ko‘rsatkichlari boshlang‘ich holatga yetishi mumkin, buning natijasida quduq tubida qaytadan parafin-qatron moddalarning to‘planishi va uning sizdirish xususiyatlarining yomonlashishiga olib keladi. Shuning uchun bunday ishlash tez-tez amalga oshirib turiladi. Eng yaxshi natijalarga chuqurlik nasoslari bilan birga quduqqa tushiriluvchi statsionar isitgichlarni qo‘llaganda erishiladi, bunda quduq debitini uzluksiz yuqori darajada ushlab turishi ta’minlanadi. Amaliyotda elektr issiqlik bilan ishlashni hisoblashda quduq tubidagi o‘rtacha haroratni yoki yonish oxiridagi harorat farqlari, yonishning davomiyligi, isitgich kuchi va boshqa qator ko‘rsatkichlarni aniqlash talab qilinadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling