Guruh reagenti va uning ikkinchi guruh kationlariga ta‘siri.
II guruh kationlarini qarbonatlar holida cho’kmaga cho’ktirish uchun umumiy reagent sifatida faqat ammoniy qarbonat ishlatish mumkin. Bu maqsadda Na2CO3 yoki K2SO3 ishlatiladigan bo’lsa, eritmaga Na+ yoki К+ ionlarini oldindan kiritib qo’ygan bo’lamiz va bu ionlar analiz qilinayotgan eritmada oldin bo’lgan – bo’lmaganligini aniqlash kiyin bo’ladi.
Ammoniy ionini esa, eritmaga (NН4)2СО3 qo’shmasdan oldin, eritmaning bir qismini tekshirish bilan topish mumkin. (NН4)2СО3 guruh reagenti ta‘sirida Са2+, Sr2+ , Ва2+ ionlarining suvda erimaydigan qarbonatlari hosil bo’ladi :
Са2+ + СО2-3 = СаСО3 Sr2+ + СО2-3 = SrСО3 Ва2+ + СО2-3 =ВаСО3
Gruppa reagenti suv ta‘sirida kuchli gidrolizlanadi.
(NН4)2СО3 + НОН ↔ NН4НСО3 + NН4ОН
↕
NН + + НСО-
4 3
Gidroliz jarayonini to’xtatish uchun eritmaga NН4ОН qo’shish maqsadga muvofiqdir. Bunda muvozanat chapga, ya‘ni ammoniy biqarbonatning ammoniy qarbonatga aylanish tomoniga siljiydi.
Bundan tashqari, ammoniy kabonat qisman ammoniy kabaminatga ham aylanishi mumkin. (qarbamin Kislota NН2СООН ning tuzi) uham ikkinchi guruh kationlarini
cho’ktirmaydi: (NН4)2СО3 ↔ NН2СОО NН4+ Н2О
SHuning uchun ammoniy qarbonatga hamma vaqt anchagina miqdorda ammoniy qarbominat bo’ladi. Ammo uni yo’qotish oson, buning uchun ikkinchi gruppa kationlari taxminan 70-80o atrofida kizdirilgan eritmadan cho’ktirilsa bas.
Temperatura ta‘sirida muvozanat chapga siljiydi va kristall holidagi cho’kma hosil bo’ladi.
NН2СОО NН4+ Н2О = (NН4)2СО3
Ammoniy gidroksid ta‘sir ettirilganda erkin Kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo’lib, Мg2+ kationi asosli to’z hosil qilib, cho’kmaga tushishi mumkin.
2 МgCI2 + 2(NН4)2СО3 + H2OH = Mg2(OH)2CO3 + 4NH4CI + CO2
Do'stlaringiz bilan baham: |