Yo’l svetoforiga yaqinlashganda lokomotiv svetoforlaridan ushbu Yo’riqnomaning 27
bandida ko’rsatilgan signallar uzatiladi.
AMALDA BO’LMAGAN SVETOFORLARNI BELGILASH
29. Amalda bo’lmagan svetoforlar ikkita planka bilan xoch shaklida mahkamlab
qo’yiladi, signal chiroqlari esa o’chirilgan bo’ladi (rasm 2.28).
3-BOB
TO’SISH SIGNALLARI
TEZLIKNI CHEKLOVCHI DOIMIY DISKLAR
30. Sariq rangli disk bilan (rasm 3.1, a) quyidagi signal uzatiladi: "To’xtashga
tayyor
hamda cheklangan tezlikda va "Xavfli joy boshi" va "Xavfli joy oxiri" (rasm 5.19) signal
belgilari bilan to’silgan xavfli joyni DATK boshqaruvi raisi buyrug’ida ko’rsatilgan
tezlikda
o’tishga tayyor holda harakatlanishga ruxsat beriladi;
yashil rangli disk bilan (rasm 3.1, b) - "Poezd xavfli joydan o’tdi" signali uzatiladi. Bir
yo’llik uchastkalarda mashinist bunday signalni harakatlanish yo’nalishining chap tarafida
ko’radi.
DATK boshqaruvi raisining buyrug’iga muvofiq tezlik
doimiy cheklanadigan joylar,
xavfli joyning chegarasidan 50 m masofada ikkala tarafdan "Xavfli joy boshi" va "Xavfli joy
oxiri" doimiy signal belgilari bilan to’siladi. Bu signal belgilaridan 3.1 jadvalning 3 ustunida
ko’rsatilgan "A" masofada yo’naltiruvchi pasayish va poezdlarning
harakatlanish maksimal
tezliklariga bog’liq ravishda, peregonda tezlikni cheklovchi doimiy signallar o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: