Bu poezdni stansiyadan (peregonni egallashga tegishli ruxsat bo’lganda,
chiqish
signallari bo’lmagan yo’llaridan) jo’nashi mumkinligini yoki stansiyadan o’tish uchun
belgilangan tezlikda to’xtamasdan ketib borishi mumkinligini ko’rsatadi. Ko’rsatib o’tilgan
signal poezd to’xtamasdan
ketib borayotganda, kelayotgan poezd lokomotivining stansiya
navbatchisi yonidan o’tguniga qadar ko’rsatiladi.
Jadvalda mavjud bo’lmagan yo’lovchi, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi
poezdlarini
to’xtatish uchun, zimmasiga poezd kutib olish yuklangan stansiya navbatchisi kunduzi -
qo’l
qizil diskni yoki ochiq holdagi qizil rangli bayroqchani, kechasi -
qizil chiroqli qo’l fonarini
(rasm 4.8) ko’rsatadi.
Stansiya navbatchisining ish joyi strelka postiga ko’chirilgan
stansiyada, poezd yon
tomondagi yo’lga qabul qilinsa yoki poezd stansiyada to’xtasa (poezdlar jadvalidan qat'iy nazar)
stansiya navbatchisi kunduzi -
yopiq holdagi sariq bayroqcha; kechasi -
qo’l fonarining sariq
chirog’ini ko’rsatadi.
Stansiya navbatchisi poezdlarni yuqori qismi ko’k rangda va obodi qizil
rangda bo’lgan
bosh kiyimida kutib olishi va kuzatishi shart.
(49-bandning 5-abzatsiga «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2010 yil 15 iyun 57-son
buyrug’iga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: