poezd yon tomondagi yo’lga qabul qilinsa yoki stansiyada to’xtasa: kunduzi -
ochiq
holdagi sariq bayroqcha bilan; kechasi -
qo’l fonarning sariq chirog’i bilan (rasm 4.10).
Rasm 4.10
51. Signalistlar va strelkali post navbatchilari
har qanday holatlarda, stansiyadan
jo’nayotgan
poezdlarni kunduzi o’ralgan sariq bayroqcha bilan va kechasi - qo’l fonarining
yorqin-oq chirog’i bilan kuzatadilar.
52. Poezddan lokomotiv mashinistiga to’xtash
signali kunduzi - ochiq qizil bayroqcha
bilan; kechasi -
qo’l fonarining qizil chirog’i bilan beriladi.
53. Yo’lovchi poezdlar stansiyada to’xtagandan keyin jo’nash vaqtida radiokupe (shtab)
va oxirgi vagon kuzatuvchilari (boshi berk yo’llaridan poezdni jo’natish
hollari bundan
mustasno) platforma tarafiga (platformani oxirigacha):
kunduzi -
o’ralgan sariq bayroqcha;
kechasi -
qo’l fonarining yorqin-oq chirog’ini ko’rsatishlari kerak.
Bu poezdni yaxshi holatda o’tganini ko’rsatadi. Boshqa vagonlar kuzatuvchilari vagon
yon tomonidagi
eshiklarini berkitib, platforma bo’ylab o’tayotganda tambur derazalari orqali
berilishi mumkin bo’lgan signallarni kuzatib o’tishadi.
54. Temir yo’llar, sun'iy
inshootlar kuzatuvchilari, pereezdlar navbatchilari yo’llar
bo’shligida poezdlarni kutib oladilar: kunduzi -
o’ralgan sariq bayroqcha bilan, kechasi -
qo’l
fonarining yorqin-oq chirog’i bilan (rasm 4.11).
Tezlikni cheklovchi yoki to’xtash signallari bilan to’silgan joylarda,
ular poezdlarni
kunduzi yoki kechasi yo’lda o’rnatilgan signallarga mos signallar bilan kutib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: