Olib tashlash qurilmalari (olib
tashlash boshmoqlari, olib tashlash ostryaklari yoki olib
tashlash strelkalari) ni o’rnatish joylari bu qurilmalar markazlashuvga kiritilmaganda hamda ular
cheklovchi holatining nazorati bo’lmagan holatlarda ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi.
Rasm 5.6
Rasm 5.7
Yo’l cheklash ko’rsatkichlari berk yo’llarning to’siqlarida brusning o’ng
chekkasida
o’rnatiladi va ularning signal ko’rsatkichi faqat yo’l tomon beriladi (rasm 5.7).
Bu ko’rsatkichlarning yoritilishi yoki yoritilmasligi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv
aktida belgilanadi.
Yo’l cheklashning signal asbobi sifatida strelka fonarlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
GIDRAVLIK KOLONKALAR KO’RSATKICHLARI
60. Gidravlik kolonka ko’rsatkichi - fonar - agar kolonkaning buraluvchi qismi yo’lga
ko’ndalang o’rnatilgan bo’lsa,
kechasi har ikkala tomonga qizil chiroqda yonadi;
kunduzi
kolonkaning
qizil rangga bo’yalgan buraluvchi qismining o’zi ko’rinadi va "To’xta" signalini
bildiradi (rasm 5.8).
Rasm 5.8
Agar kolonkaning buraluvchi qismi yo’l bo’ylab joylashgan bo’lsa,
kechasi har ikki
tomonga fonarning
tiniq oq rangli chirog’i ko’rinadi.
POEZDLARDA NOSOZ VAGONLAR
MAVJUDLIGINING KO’RSATKICHLARI
61. Poezd harakat mobaynida harakat tarkibining texnikaviy holatini avtomat tarzda
nazorat qilish vositalari o’rnatilgan temir yo’l
uchastkalarida, kontakt tarmog’i ustunlari yoki
alohida machtalarda o’rnatilgan signal chiroqli ko’rsatkichlardan (rasm 5.9)
yoki ovozli
informatorlardan foydalaniladi.
Rasm 5.9
Signal ko’rsatkichida, poezd tarkibida nosoz vagonlar mavjudligi xaqida ogohlantiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: