Manyovrlarda tovushli signallar yo’l hushtagi yoki surnaycha yordamida uzatiladi.
81. Manyovrlarda signallar ijro uchun qabul qilinganini
tasdiqlagan holda lokomotiv
(motorvagon tarkibi), maxsus o’zi yurar harakat tarkibi hushtagi bilan takrorlanishi kerak.
Signalchi yoki strelka posti navbatchisiga strelkani u yoki bu yo’lga o’rnatish bo’yicha
topshiriq stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda turli
davomiylikdagi tovushlar (lokomotivlar hushtagi va manyovrlar rahbarlarining hushtagi) yoki
stansiyaning texnikaviy jihozlanishiga bog’liq holda boshqa vositalar orqali uzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: