78. Saralash tepaligi svetoforlari quyidagi signallarni uzatadi (rasm 6.3):
bitta yashil chiroq - "Vagonlarni belgilangan tezlikda tushirishga ruxsat";
bitta sariq chiroq - "Vagonlarni pasaytirilgan tezlikda tushirishga ruxsat";
bitta sariq va bitta yashil chiroq - "Vagonlarni belgilangan va pasaytirilgan tezliklar
oralig’idagi tezlikda tushirishga ruxsat";
bitta qizil chiroq - "To’xta! Tushirish taqiqlanadi";
chiroqli ko’rsatkichda qizil chiroq bilan bir vaqtning o’zida yonuvchi oq rangli "N"
harfi - "Vagonlarni saralash tepaligidan qabul parki yo’li yoki tortilgan yo’lga uzat".
Saralash tepaligidan vagonlarni saralash
tepaligi svetoforlarining bitta yashil chiroq,
bitta sariq va bitta yashil chiroq va bitta sariq chiroq bo’yicha tushirish tezliklari DATK
boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Saralash tepaligi svetofori signalining ko’rinishi ta'minlanmaydigan
holatlarda
mashinistni saralash svetoforining signali xaqida xabarlash uchun takrorlash svetoforlari yoki
tepalik avtomat lokomotiv signalizatsiyasi qo’llaniladi. Takrorlash
va lokomotiv svetoforlari
saralash tepaligi asosiy svetofori signallarini ko’rsatishi kerak. Qabul parki yo’lining o’rtasida
joylashgan takrorlash svetoforida
qizil chiroq o’rniga
ko’k chiroq qo’llanilishi mumkin.
Qabul parki yo’llarida tarkiblarni saralash svetoforigacha uzatishga
ruxsat berish uchun
hamda saralash tepaligi pastki yo’llarida signalizasiya uchun manyovr svetofori qo’llanilishi
mumkin.
79. Manyovr svetoforlari bo’lmagan hollarda manyovrlarda chiqish va marshrut
svetoforlarining qizil chirog’idan o’tishga
stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga
Do'stlaringiz bilan baham: