O’zdavtemiryo’lnazorat o’zbekiston respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma toshkent


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/46
Sana21.10.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1714252
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Bog'liq
ISI uz

 
 
Rasm 5.26 
Bu belgilarni o’rnatish sxemasi rasm 5.27 da keltirilgan.
 
 
Rasm 5.27 
Agar ikki yo’lli uchastkalarda poezdlarni yo’llarning biri va kontakt tarmog’i bilan 
jihozlanmagan vaqtinchalik s'ezdlar orqali o’tkazilgan holda rejali yo’l ta'mirlash va qurilish 
ishlari bajarilayotganda "Tok qabul qilgichni tushir" signal belgisi cheklanuvchi uchastkadan
100 m dan kam bo’lmagan masofada o’rnatiladi.
Qolgan signal belgilari rasm 5.27 da keltirilgan sxema bo’yicha o’rnatiladi. 
Kontakt tarmog’ining harakat tarkibi tok qabul qilgichlarini ko’tarib harakatlanishiga yo’l 
qo’yib bo’lmaydigan nosozliklarining behosdan aniqlanganida bu nosozlikni aniqlagan elektr 
ta'minoti distansiyasining xodimi kutilayotgan poezd tomon 500 m ga borishi va 
yaqinlashayotgan poezd mashinistiga "Tok qabul qilgichni tushir" yo’l signalini (rasm 5.28) 
berishi shart:


Rasm 5.28 
kunduzi - chap qo’l vertikal ko’tarilgan holda o’ng qo’lning gorizontal chiziq 
bo’yicha takror harakatlari;
kechasi - tiniq oq rangli chiroqli fonarning vertikal va gorizontal bo’yicha takror 
harakatlari.
Mashinist xabarlovchi signal berishi, elektr zanjiri toksizlanganda tok qabul qilgichlarni 
tushirishi va alohida hushyorlik bilan zararlangan joydan o’tishi, kontakt tarmog’ining sozligiga 
ishonch hosil qilgach tok qabul qilgichni ko’tarishi va harakatni davom ettirishi shart.
75. Qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda to’siqlar odidan "Surgichni ko’tar, 
qanotlarni yop" (rasm 5.29), to’siqlardan so’ng esa - "Surgichni tushir, qanotlarni och" (rasm 
5.30) muvaqqat signal belgilari o’rnatiladi.
Rasm 5.29 Rasm 5.30 Rasm 5.31
Tezkor qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda "Surgichni ko’tar, qanotlarni yop" 
belgilaridan tashqari "Surgichni ko’tarishga va qanotlarni yopishga tayyorlan" muvaqqat signal 
belgilari (rasm 5.31) o’rnatiladi.
Qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda signallarni o’rnatish sxemasi rasm 5.32 da, 
tezkor qor tozalagichlar ishlayotganda esa rasm 5.33 da keltirilgan.


Oralig’ida qor tozalagichning ishlash imkoniyati bo’lmaydigan o’zaro yaqin joylashgan 
ikki to’siq mavjud bo’lganida ustma-ust ikki belgi o’rnatiladi (rasm 5.34). 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling