O’zdavtemiryo’lnazorat o’zbekiston respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma toshkent


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/46
Sana21.10.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1714252
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
ISI uz

LOKOMOTIV SVETOFORLARI 
27. Avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlangan 
uchastkalarda, lokomotiv svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi:
yashil chiroq - "Harakatga ruxsat beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforida 
yashil chiroq yonayapti" (rasm 2.27, a);
sariq chiroq - "Harakatga ruxsat beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforida 
bitta yoki ikkita sariq chiroq yonayapti" (rasm 2.27, b); 
sariq bilan qizil chiroq birga - "To’xtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruxsat 
beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan svetoforda qizil chiroq yonayapti" (rasm 2.27, v).
Qizil chiroqli yo’l svetoforidan o’tgan vaqtda lokomotiv svetoforida qizil chiroq yonadi 
(rasm 2.27,e);
oq chiroq - (rasm 2.27, d) lokomotiv qurilma yoqilganini ko’rsatadi, ammo yo’l 
svetoforining signallari lokomotiv svetoforiga uzatilmaydi va bunday holda mashinist yo’l 
svetoforining signallariga rioya qilishi kerak.
Lokomotiv svetofori shuningdek quyidagi signallar uzatadi:


yashil chiroq bilan - poezdni bitta o’chib yonuvchi sariq chiroqli, bitta o’chib 
yonuvchi yashil chiroqli yoki bitta sariq va bitta yashil chiroqli yo’l svetoforiga yaqinlashib 
kelayotganini ko’rsatadi.
sariq chiroq bilan - poezdni ikkita sariq chiroqli, ulardan yuqorisidagi o’chib 
yonuvchi hamda strelkali o’tkazgichdan og’ishib o’tishini ko’rsatuvchi boshqa chiroq 
ko’rsatkichli yo’l svetoforiga yaqinlashib kelayotganini ko’rsatadi.
Rasm 2.27 
 
28. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi signalizatsiyaning mustaqil vositasi sifatida 
qo’llanilgan uchastkalarda poezdning harakat qilish davrida lokomotiv svetoforidan quyidagi 
signallar uzatiladi:

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling