O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDA YUK VA
YO’LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH
DAVLAT INSPEKSIYASI
"O’ZDAVTEMIRYO’LNAZORAT"
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TEMIR YO’LLARIDA SIGNALLASHTIRISH
BO’YICHA YO’RIQNOMA
(2012 yil 31 dekabr holatiga
qo'shimcha va o'zgartishlar bilan)
( “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI ning
2001 yil 31 oktyabrdan 47-son buyrug’i bilan
2002 yil 1yanvaridan kuchga kirgan)
Toshkent
2014 yil
UMUMIY QOIDALAR
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma
(keyinchalik - mazkur Yo’riqnoma) poezdlar harakati va manyovr ishlariga
taaluqli buyruq va
ko’rsatmalarni uzatishdagi ko’rinadigan va tovushli signallar tizimini hamda signal asbob
turlarini (qaysiki ular yordamida signallar uzatiladi) belgilab beradi.
Mazkur Yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi temir yo’l
transportining barcha
bo’linmalari va xodimlari uchun majburiydir, mazkur Yo’riqnoma
belgilab bergan signallar
talabini bajarish esa poezdlar harakati va manyovr ishlari uzluksizligi va xavfsizligini
ta'minlaydi.
Mazkur Yo’riqnoma "O’zdavtemiryo’lnazorat" inspeksiyasi boshlig’ining buyrug’i
bilangina o’zgartirilishi mumkin.
Temir yo’llarida signallashtirishga taaluqli bo’lgan barcha yo’riqnoma
va boshqa
ko’rsatmalar mazkur Yo’riqnoma talablariga qat'iy mos kelishi kerak.