O’zdavtemiryo’lnazorat o’zbekiston respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma toshkent


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/46
Sana21.10.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1714252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
ISI uz

 
 
 


bitta sariq chiroq - "Poezdga stansiyaga asosiy yo’lidan to’xtashga tayyor holda kirib 
borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) yopiq" (rasm 2.2, a);

 
ikkita sariq chiroq ulardan yuqoridagisi o’chib-yonadigan - "Poezdga stansiyaga yon 
yo’ldan cheklangan tezlikda kirib borish mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) 
ochiq" (rasm 2.2, b); 
ikkita sariq chiroq - "Poezdga stansiyaning yon yo’liga pasaytirilgan tezlikda to’xtashga 
tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.2, v); 
bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.2, g); 


Kirish svetoforlaridan poezdni stansiyaga ikki yo’lli (ko’p yo’lli) peregonning yo’lidan 
qabul qilish uchun quyidagi signallar uzatiladi: 
ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlik bilan keyingi chiqish (marshrut) 
svetofori yoki chegaraviy ustuncha to’g’risida to’xtashga tayyor holda stansiyaga kirishga ruxsat 
etiladi"; 
bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 
8. Poezdlarni krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgich bo’ylab yon yo’lga qabul 
qilish uchun kirish va marshrut svetoforlarida quyidagi signallar qo’llaniladi: 
bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma - 
"Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaning yon yo’liga ketib borishi mumkin
keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 80 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish 
talab etiladi" (rasm 2.3, a); 
 
ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib yonuvchi va bitta yashil yonuvchi 
tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan ketib borishga 
ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish 
talab etiladi" (rasm 2.3, b); 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling