Zarur bo’lgan hollarda kirish va marshrut svetoforlarida
bitta yashil o’chib-yonuvchi
chiroq signali qo’llanilishi mumkin - "Poezdga belgilangan tezlikda stansiyaning asosiy (bosh)
yo’lidan
ketib borishga ruxsat etiladi, keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 60
km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.4, a).
Ayrim stansiyalarda O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnik foydalanish
Qoidalarida belgilangan tartibda chiqish va marshrut svetoforlarida
uchta sariq chiroqli signal
qo’llanishi mumkin - "Motor
vagon poezdi, yakka lokomotiv, motovoz va drezinalarga 20
km/soat dan oshmagan tezlikda yo’lning bo’sh uchastkasiga o’ta ehtiyotkorlik
bilan marshrut
svetoforining qizil chirog’igacha o’tishga ruxsat etiladi" (rasm 2.4, b).
TAKLIF QILUVCHI SIGNAL
9. Taklif qiluvchi signal - bitta oq-oy rangli o’chib-yonuvchi chiroq poezdga 20 km/soat
dan oshmagan tezlikda qizil chiroqli (yoki o’chgan) svetofordan o’tishga va harakatni keyingi
svetoforgacha (yoki
chegaraviy ustunchagacha, chiqish svetofori bo’lgan yo’lga qabul
qilinganda)
juda xushyorlik bilan, agarda yo’lda to’siq uchrab qoladigan bo’lsa darhol
to’xtatishga tayyor bo’lgan holda davom ettirishga ruxsat beriladi (rasm 2.5).
Bu
signal kirish, shuningdek marshrut va chiqish (guruh svetoforlaridan tashqari)
svetoforlarida qo’llaniladi.
Chiqish svetoforining taklif qilish signali bo’yicha jo’natishga faqat avtoblokirovka bilan
jihozlangan ikki yo’lli peregonning to’g’ri yo’lidan ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: