(poezd dispetcheriga) ularning poezd bilan stansiyaga harakatlanish mumkinligi yoki tarkibga
vagon ko’ruvchilarining kelishini talab qilish xaqida xabar berishi.
Stansiya navbatchisi (poezd dispetcheri) bu holda poezdlarni xavfsiz o’tkazishni
ta'minlovchi qo’shimcha choralarni ko’radi: qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanuvchi poezdlar
mashinistlariga xabar beradi va zarur hollarda poezdning stansiyadan jo’natilishini to’xtatadi.
Oddiy holatda signal ko’rsatkichlari yoritilmaydi va ular signal ahamiyatiga ega
emas.
BLOK-UCHASTKALAR CHEGARASINING KO’RSATKICHLARI
62. Avtomat lokomotiv signalizatsiyasi signalitzasiya va aloqa vositalarining mustaqil
vositasi sifatida qo’llaniluvchi temir yo’l uchastkalarida blok-uchastkalar chegaralarida
nur
qaytargichli va raqamli literli jadvalli signal belgilari o’rnatiladi (rasm 5.10).
Rasm 5.10
"TOK QABUL QILGICHNI TUSHIR" KO’RSATKICHLARI
63. Doimiy tokda elektrlashtirilgan uchastkalarda tok ajratgich oldida, kontakt
tarmog’ining biror-bir stansiyasida kuchlanishning to’satdan o’chirilishida,
elektr harakat
tarkibining tok qabul qilgichni ko’targan holda o’tishga yo’l qo’yilmaydigan vaziyatlarida,
kontakt tarmog’i ustunlariga yoki alohida machtalarga joylashtiriluvchi "Tok qabul qilgichni
tushir" chiroqli signal ko’rsatkichlar qo’llaniladi (rasm 5.11).
Signal ko’rsatkichda
yonib-o’chuvchi tiniq-oq rangli tasmaning paydo bo’lganida
mashinist cheklangan tok ajratgichni tok qabul qilgichni tushirgan holda o’tish uchun darhol
choralar ko’rishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: