Belgilar bevosita ustunlarda yoki ularga mahkamlangan shitlarda
tasvirlanishi mumkin
(rasm 5.16, b). Ko’p yo’lli uchastkalarda ko’rsatilgan belgilarni kontakt tarmog’i
konstruksiyalarida yo’l o’qi ustida joylashtirilishi mumkin. Elektr harakat tarkibining tok qabul
qilgichlar ko’tarilgan holda bu ustunlar (belgilar) oralig’ida to’xtash taqiqlanadi.
Rasm 5.16, b
68. Cheklovchi ustunchalar undan so’ng harakat tarkibini strelkali o’tkazgich
yoki berk
kesishuv yo’nalishida joylashtirilishi mumkin bo’lmagan joyni ko’rsatadi (rasm 5.17, a, b).
Cheklovchi ustunchalarning asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarida turlicha bo’yalishi
kerak
(rasm 5.17, b).
Rasm 5.17
69. "Stansiya chegarasi" belgisi (rasm 5.18) ikki va ko’p yo’lli
uchastkalarda stansiya
chegarasini ko’rsatadi. Belgida yozuv har ikkala tomonda bo’lishi kerak.
70. "Xavfli joy boshi" (rasm 5.19, a) va "Xavfli joy oxiri" (rasm 5.19, b) nur qaytargichli
doimiy signal belgilari poezdning kichik tezlikda harakatlanishini
talab etadigan uchastka
chegaralarini bildiradi. "Xavfli joy oxiri" signal belgisi "Xavfli joy boshi"
belgisining orqa
tomoniga o’rnatiladi.
Rasm 5.18 Rasm 5.19
71. Ogohlantiruvchi signal belgilari "S" belgisi
- hushtak berish - tonnellar, ko’priklar,
temir yo’l o’tish joylari va h.z. lar oldida joylashtiriladi (rasm 5.20);
"Lokomotivni to’xtatish" belgisi (rasm 5.21) DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i
tayinlagan komissiya belgilagan joylarda o’rnatiladi.
(71-band 2-abzatsiga “O’zdavtemiryo’lnazorat”
DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02
son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: