DOIMIY SIGNAL BELGILARI
64. "Gaz" va "Neft" doimiy signal belgilari (rasm 5.12, a, b) temir yo’llarning
neft-gaz
quvurlari bilan kesishgan joylarda bevosita kontakt tarmog’i ustunlarida yoki alohida ustunlarda
o’rnatiladi va kesishuv joylariga o’ta diqqat (hushyorlik) bilan yaqinlashish zaruratini ko’rsatadi.
"Karst xavfli uchastkaning boshi" va "Karst xavfli uchastkaning oxiri"
doimiy signal
belgilari (rasm 5.12, v, g) temir yo’llarning karstli zonalardan o’tish
joylarida bevosita kontakt
tarmog’i ustunlarida yoki alohida ustunlarda joylashtiriladi va chegaralangan uchastkani o’ta
diqqat (hushyorlik) bilan o’tish kerakligini ko’rsatadi.
Rasm 5.12
65. "Tormozlash boshi" (rasm 5.13, a) va "Tormozlash oxiri" (rasm 5.13, b)
doimiy
signal belgilari lokomotiv mashinistiga harakatlanish mobaynida avtotormozlar ishini tekshirish
joylarini ko’rsatadi.
Bunday signal belgilarini joylashtirish tartibi komissiya tomonidan aniqlanadi va DATK
boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Rasm 5.13
66. "Tok qabul qilgichni tushir" signal ko’rsatkichlardan
foydalangan holatda uning
oldidan
nur qaytargichli "Diqqat! Tok ajratgich"
doimiy signal belgisi o’rnatiladi (rasm 5.14,
a).
Nur qaytargichli "Tok qabul qilgichni ko’tar"
doimiy signal belgisi harakat yo’nalishi
bo’ylab tok ajratgichdan so’ng o’rnatiladi (rasm 5.14, b).
Rasm 5.14
"Tok qabul qilgichni tushir" signal ko’rsatkichlar va "Tok qabul qilgichni ko’tar" va
"Diqqat! Tok ajratgich" doimiy signal belgilarini joylashtirish sxemasi 5.15 rasmda keltirilgan.
Ularning joylashuvi doimiy signallarning ko’rinish va qabul qilinishini to’sishi kerak emas.
12-vagonli elektrpoezdlar qatnaganda tok ajratgichdan "Tok qabul qilgichni ko’tar"
doimiy signal belgisigacha bo’lgan masofa 250 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: