Rasm 5.28
kunduzi -
chap qo’l vertikal ko’tarilgan holda o’ng qo’lning gorizontal chiziq
bo’yicha takror harakatlari;
kechasi -
tiniq oq rangli chiroqli fonarning vertikal va gorizontal bo’yicha takror
harakatlari.
Mashinist xabarlovchi signal berishi, elektr zanjiri toksizlanganda tok
qabul qilgichlarni
tushirishi va alohida hushyorlik bilan zararlangan joydan o’tishi, kontakt tarmog’ining sozligiga
ishonch hosil qilgach tok qabul qilgichni ko’tarishi va harakatni davom ettirishi shart.
75. Qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda to’siqlar odidan "Surgichni ko’tar,
qanotlarni yop" (rasm 5.29), to’siqlardan so’ng esa - "Surgichni tushir, qanotlarni och" (rasm
5.30) muvaqqat signal belgilari o’rnatiladi.
Rasm 5.29 Rasm 5.30 Rasm 5.31
Tezkor qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda "Surgichni ko’tar, qanotlarni yop"
belgilaridan tashqari "Surgichni ko’tarishga va qanotlarni yopishga tayyorlan" muvaqqat signal
belgilari (rasm 5.31) o’rnatiladi.
Qor tozalagichlar ishlayotgan uchastkalarda signallarni o’rnatish sxemasi rasm 5.32 da,
tezkor qor tozalagichlar ishlayotganda esa rasm 5.33 da keltirilgan.
Oralig’ida qor tozalagichning ishlash imkoniyati bo’lmaydigan o’zaro
yaqin joylashgan
ikki to’siq mavjud bo’lganida ustma-ust ikki belgi o’rnatiladi (rasm 5.34).
Do'stlaringiz bilan baham: