Rasm 7.6
90. Manyovr harakatlarini olib borayotgan lokomotiv, shu jumladan u poezd tarkibidan
hamda poezd tarkibiga
qarab harakatlanayotganda, kechasi
old va orqa bufer bruslarida
lokomotiv asosiy boshqaruv pulti tomondan bittadan tiniq-oq chiroq bo’lishi kerak.
91. Yo’ldan
olinuvchi turdagi drezinalar, yo’l vagonchalar va boshqa yo’ldan olinuvchi
harakat birliklari peregonda quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
bir yo’lli uchastkalarda va ikki yo’lli uchastkalarda teskari yo’l bo’ylab harakatlanganda
kunduzi –
har ikkala tomondan qizil rangga bo’yalgan to’g’ri to’rtburchak taxtacha yoki
uzun dastali yoyilgan qizil bayroq; kechasi -
old va orqa tomondan uzun dastaga
mahkamlangan qizil chiroqli fonar;
ikki yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’l bo’ylab harakatlanganda kunduzi -
old tomoni oq va
orqa tomoni qizil rangga bo’yalgan to’g’ri to’rtburchak taxtacha; kechasi -
uzun dastaga
mahkamlangan fonarlarning old tomondan tiniq-oq rangli va orqa tomondan qizil rangli
chirog’i.
Elektrlashtirilgan uchastkalarda yo’ldan olinuvchi ta'mirlash moslamalari peregonda
ishlaganda quyidagilarga ega bo’lishi kerak:
bir yo’lli uchastkalarda va ikki yo’lli uchastkalarda teskari yo’l bo’ylab harakatlanganda
kunduzi -
har ikki tomondan yoyilgan qizil bayroq, kechasi - old va orqa tomonda
fonarning qizil chirog’i;
ikki yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’l bo’ylab harakatlanganda kunduzi -
poezdlar
Do'stlaringiz bilan baham: