O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

 
 
 
 


AVTOBLOKIROVKA NOSOZLIGIDA
ISHLASH TARTIBI 
30. Agar to’g’ri o’rnatilgan marshrutda va birinchi blok-uchastka bo’shligida 
(boshqaruv asboblarning ko’rsatmalari bo’yicha) chiqish svetofori ochilmasa, poezd to’g’ri 
yo’l bo’ylab ikki yo’llik peregonga quyidagi tartibda jo’natilishi mumkin: 
chiqish svetoforidagi taklif signaliga binoan
jo’natilayotgan poezd mashinistiga radio aloqa orqali uzatiladigan qayd etiluvchi 
buyruq bilan: 
"Buyruq № _____. Sana ______. Vaqt ________(soat, minut). 
____ yo’ldagi № 
_____ poezdga chiqish (marshrut) svetoforining liter _____ 
taqiqlovchi ko’rsatmasida asosiy yo’ldan jo’nashga va birinchi o’tish (chiqish, 
marshrut) svetoforigacha liter ____ yurishga, so’ngra avtoblokirovka signallariga 
binoan harakatlanishga ruxsat beraman. DSP____". 
I-punkti to’ldirilgan yashil rangli blankdagi (DU-54 shaklidagi blank) ruxsatnomaga 
asosan. 
31. Bir yo’llik peregonga yoki ikki tomonlama avtoblokirovkali ikki yo’llik 
peregonning noto’g’ri yo’lidan chiqish svetoforining taqiqlovchi ko’rsatmasida poezd 
quyidagi tartibda jo’natilishi mumkin: 
a) ushbu Yo’riqnomaning 30-bandida ko’rsatilgan shaklda, poezd mashinistiga radio 
aloqa bo’yicha uzatiladigan stansiya navbatchisining qayd etiluvchi buyrug’i bo’yicha; 
b) I-punkti to’ldirilgan yashil rangli blankdagi (DU-54 shaklidagi blank) 
ruxsatnomaga asosan. 
Poezdni taklif signali bo’yicha bir yo’llik peregonga va ikki yo’llik peregonning 
noto’g’ri yo’li bo’ylab jo’natish taqiqlanadi. 
Poezdni jo’natishdan oldin stansiya navbatchisi quyidagilarni bajarishi shart: 
peregon (yo’l)ning qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanayotgan poezdlardan 
bo’shligini tasdiqlovchi, poezd dispetcherining buyrug’ini qabul qilishi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling