O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
-bob. YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKADA
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
3-bob. YARIM AVTOMATIK BLOKIROVKADA
POEZDLAR HARAKATI POEZDLARNI QABUL QILISH VA JO’NATISH 75. TFQ 260-bandiga muvofiq, yarim avtomatik blokirovkada: poezdning peregonni egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforlarining ruxsat beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi; bir yo’lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poezd jo’natilayotgan qo’shni stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka rozilik signali olinishi kerak yoki blok-tizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak. Poezdni qabul qilishdan avval stansiya navbatchisi qabul qilish marshrutini ilgaridan tayyorlab qo’yadi va kirish svetoforini (semaforini) ochadi yoki uni ochish to’g’risida ijro postiga farmoyish beradi. Kelayotgan poezd kirish svetoforini o’tgandan so’ng, u avtomatik tarzda yopiladi. yo’l va strelkalari elektr izolyatsiyalanmagan stansiyalarda poezd kirish svetoforidan o’tgandan so’ng stansiya navbatchisi (markazlashtirish posti operatori) signal-knopka (dastak)ni signalning yopiq bo’lgandagi holatiga keltiradi. Poezd stansiyaga to’liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilib, stansiya navbatchisi jo’natish stansiyasiga kelishning blokirovka signalini beradi, telefon orqali esa, poezd kelgan vaqt xaqida xabar yetkazadi. Agar poezd suruvchi lokomotiv bilan harakatlangan bo’lsa, kelish xaqidagi xabarni va kelishning blokirovka signalini stansiya navbatchisi suruvchini yetib kelganiga ishonch hosil qilgandan so’ng, jo’natish stansiyasiga uzatadi. 76. Poezd peregondan to’liq tarkibda kelganiga ishonch hosil qilmasdan turib, stansiya navbatchisiga poezd jo’natilgan stansiyaga poezdni yetib kelganligi xaqidagi xabar va yetib kelish blokirovka signalini uzatish taqiqlanadi. Poezd stansiyaga to’liq tarkibda yetib kelganligiga stansiya navbatchisi shaxsan yoki strelkali post navbatchisining axboroti, strelkali post navbatchilari bo’lmagan strelkalari markazlashtirilgan stansiyalarda esa faoliyati poezdlar harakati bilan bog’liq stansiyaning boshqa xodimlari yoki pereezdlar navbatchilarining axboroti bo’yicha, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilangan va stansiyaning texnikaviy- boshqaruv aktida ko’rsatilgan tartibda poezdning so’nggi vagonida poezd signali mavjudligiga ishonch hosil qiladi. Poezd stansiyaga to’liq tarkibda yetib kelganligini avtomatik nazorat qilish qurilmalari mavjud bo’lsa, stansiya navbatchisi poezd kelganidan so’ng peregonning bo’shligiga nazorat asboblari ko’rsatmalariga asosan ishonch hosil qiladi. Agar stansiyaga kelayotgan yuk poezdi o’z-o’zidan tormozlash va tormoz magistrali uzilish signalizatsiyasining ishlab ketishi natijasida peregonda kutilmagan to’xtashi ro’y bergan bo’lsa, lokomotiv mashinisti TFQ ning 250-bandida ko’zda tutilgan talablarga rioya etish bilan birga, ushbu to’xtash xaqida stansiya navbatchisiga radio aloqa orqali xabar qilishi, bunday xabarni peregondan uzatishning iloji bo’lmagan taqdirda ushbu xabarni stansiya navbatchisiga shaxsan yetkazish uchun stansiyada to’xtashi lozim. Bunday holatlarda poezdning to’la tarkibda harakatlanishini nazorat qilish stansiya xodimlari singari, lokomotiv brigadasiga ham yuklatiladi. 77. Poezd stansiyaga qabul qilingandan so’ng kelishni nazorat qiluvchi qurilmalar ishlab ketmasa, poezdni to’liq tarzda yetib kelganligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi bu xaqda poezd dispetcheriga xabar qiladi. Peregonni chegaralovchi stansiyalarning navbatchilari bilan so’zlashuv orqali uning bo’shligiga ishonch hosil qilgan poezd dispetcheri, ikkala stansiyaga ham bir paytda kelish blok-signalini berishga ruxsat etadi, shundan so’ng stansiya navbatchisi yordamchi knopkani bosish, elektrmexanik blokirovkada esa, pedal-zamichkasini sun'iy ishlatib yuborish yo’li bilan ushbu amalni bajaradi. Ruxsat quyidagi shaklda beriladi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling