O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Sana _____, ___ soat ___ minut. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Sana _____, ___ soat ___ minut. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa 
vositalari ishlamayotgani sababli ____________ peregonida poezdlar harakatini yozma 
xabarnomalar vositasida amalga oshirish o’rnatildi. 
DSP __________ (stansiya nomi va imzo)". 
178. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar aloqa 
to’xtashi bilan poezdlarni jo’natishga ustunlik xuquqini qo’lga kirituvchi stansiya navbatchisi 
tomonidan o’rtalaridagi aloqa uzilgan stansiyalar chegaralovchi peregonga ustun bo’lmagan 
(juft) yo’nalishdagi poezdni jo’natishga rozilik berilgan bo’lsa, peregon ushbu poezdning 
yetib kelishi yoki qo’shni stansiya (post)dan poezdning jo’natilmasligi to’g’risida xabar 
olinmaguncha peregon band hisoblanadi. 
Rozilik juft yo’nalishdagi poezdni tutashuv postiga jo’natish uchun berilgan bo’lsa, 
peregon poezdning yetib borganligi va tutash yo’lga o’tkazilganligi to’g’risida xabar 
kelguncha band hisoblanadi. 
179. Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamay qolgunga qadar 
yordamchi post navbatchisiga tutash yo’ldan toq yo’nalishdagi poezdni jo’natishga ruxsat 
berilgan bo’lib, navbatchidan ushbu poezd jo’natilganligi to’g’risida xabar olingan bo’lsa, 
aloqa uzilganidan so’ng, peregonga ustun yo’nalishda poezdlarni jo’natadigan stansiya 
navbatchisi peregonning postdan stansiyagacha bo’lgan qismini jo’natilgan poezd bosib 
o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqtga uch minut qo’shib hisoblangan vaqt oralig’idan so’ng, 
qo’shni stansiyaga shu yo’nalishda birinchi poezdni yuborishga ruxsat etiladi. 
Tutashuv postidan toq yo’nalishda poezd jo’natilgani to’g’risida xabar olinmagan 
bo’lsa, peregon post navbatchisidan poezd jo’natilganligi va tutashuv strelkasi asosiy yo’l 
bo’ylab o’rnatilganligi yoki poezdning jo’natilishi kechiktirilganligi to’g’risida xabar 
olingunga qadar band hisoblanadi. 


Aloqa uzilgunga qadar tutashuv postidan yana tutashuvga qaytadigan poezdning 
jo’natilishi kelihilgan holatlarda ham, postdan tegishli xabar olingunga qadar, peregonga 
poezdlarni jo’natish taqiqlanadi. 
180. Aloqa uzilishi bilan ustun yo’nalishda birinchi poezdni jo’natish xuquqini 
oladigan stansiya navbatchisiga aloqa uzilgunga qadar poezdni jo’natishga ruxsat berilgan 
bo’lsa, ushbu yo’nalishda poezdni jo’natish bilan bir paytning o’zida u qo’shni stansiya 
navbatchisi bilan yozma aloqa o’rnatishi shart. 
181. Signalizatsiya va aloqani tegishli vositalarining amal qilishi tiklangandan so’ng, 
ushbu aloqa turlari bo’yicha poezdlarning harakati avvaldan peregonning bo’shligini tekshirib 
ko’rishi lozim bo’lgan poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. 
182. Signalizatsiya va aloqa vositalarining faoliyati dispetcherlik aloqasidan oldin 
tiklansa, ustun yo’nalishda poezdlarni jo’natish xuquqiga ega stansiya navbatchisi qo’shni 
stansiyaga quyidagi shaklda telefonogramma uzatadi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling