"________ peregonning ______ yo’lida strug (qor tozalagich) ishlamoqda.
Peregonda (stansiyada) o’ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanilsin; ko’rish darajasi yomon
joylar oldidan ogoshlantiruvchi cho’ziq hushtak chalinsin".
Ushbu ogohlantirishlar poezd dispetcherining ko’rsatmasiga binoan stansiya
navbatchilari tomonidan beriladi.
235. Stansiya yo’llarida ishlar Texnikaviy foydalanish qoidalarining 137-bandi va
signallashtirish bo’yicha Yo’riqnomaning 39, 40-bandlari talablariga rioya etilib amalga
oshiriladi.
Ishlar rahbarining ko’rik jurnalidagi yozuvi mazmuni bilan tanishib chiqqan stansiya
navbatchisi post navbatchilariga, signalchilarga, strelkali post navbatchilariga, tuzuvchilarga,
ular orqali esa stansiyada ishlayotgan lokomotivlarning mashinistlariga u yoki bu yo’llar
yohud yo’llarning uchastkalariga kirish mumkin emasligini, ishlar bajarilayotgan yo’llardan
harakatlanish tezligini kamaytirish yoki o’ta ehtiyotkor bo’lish to’g’risida ko’rsatmalar beradi,
poezdlarning kelgusida o’tishi va manyovr harakatlari xaqida esa park aloqasi orqali stansiya
yo’llaridagi xodimlarni oldindan xabardor qiladi yoki so’zlashuv informatorini yoqadi.
Bunday ishlar bajarilayotgan yo’llarga poezdlar qabul qilinganda, zarur holatlarda
mashinistlarga tezlikni kamaytirish yoki boshqa ehtiyot choralarini ko’rish to’g’risida
ogohlantirish taqdim etiladi.
Kontakt tarmog’ida ishlar bajarilgan holatlarda ko’rik jurnalida qaysi yo’llar, strelkalar
yoki kontakt tarmog’ining seksiyalari barcha turdagi poezdlar yoki faqat elektr bilan
harakatlanuvchi tarkiblar uchun yopilishi ko’rsatilishi shart.
9-bob. POEZDLARNI QABUL QILISH VA JO’NATISH
UMUMIY QOIDALAR
236. TFQning 184-bandiga muvofiq, stansiyaning texnikaviy vositalaridan
foydalanish tartibi texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilanib, ushbu hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: |