O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
O’zg
Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) o`qitishning integratsiyalashuvi natijasida yuzaga kelgan didaktik tizim faqatgina yangi sifatlarga ega bo`lib qolmasdan, o`zida tashkil etuvchi nazariyalarning eng yaxshi yutuqlarini ham mujassam etgan, deb ta`kidlagan edi. Yuqorida ta`kidlab o`tilganlar asosida quyidagicha savol tug’ilishi mumkin: «Modullardagi o`quv materialini hammavaqt ham muammoli tarzda ifodalash shartmikan?».Umumiy holda bu savolga muammoli o`qitishni tadqiq etgan olimlardan M.I.Maxmutov tomonidan javob berilgan: «… muammoli o`qitishni doimo qo`llash shart emas». Birinchidan, ilmiy bilish tarkibida shunday bilimlar guruhi borki, unda muammoli o`qitish talab etilmaydi (jumladan, matematik aksiomalar, va boshqalar). Ikkinchidan, muammoli o`qitish maqbul bo`lgan joylarda ham uni qo`llash imkoniyati bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun o`quv moduli mazmunini shakllantirish davrida muammoli o`qitish elementlarini ratsional qo`llashga odatlanish lozim . Shunday qilib, “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o`qitishning didaktik tizimi boshqa didaktik tizimlar singari o`qitish maqsadlariga muvofiq, umumdidaktik tamoyillar va mezonlar asosida “Axborot- kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fani mazmunini loyihalashni taqozo etadi. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli dasturlarni loyihalashning bir qancha usullari mavjud. Avtonom modullarning mazmuni fan mazmunini strukturalash printsiplari asosida shakllantiriladi va didaktik materiallar, muammoli hamda amaliy topshiriqlar bilan ta`minlanib, lo`nda, ko`rgazmali qilib ifoda etilishi kerak. Modulli ta`limning hususiyati shundan iboratki, bunda talaba modul bilan ishlashda o`quv-biluv faoliyatining aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki o`qituvchining ba`zi bir yordamida) erishiladi. Modul harakat rejasi maqsadini, axborotlar bankini, qo`yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo`yicha metodik rahbarlikni o`z tarkibiga oladi [8]. Modulli ta`limning mazmuni tugallangan mustaqil komplekslarda ifodalanadi. Har bir kompleks o`quv materiali shunday qurilishi kerakki, u har bir talaba tomonidan uni oldiga qo`yilgan didaktik maqsadlarga erishishga imkon yaratsin. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) Bunda talaba uchun o`quv maqsadi shunday ifodalanishi kerakki, u uni shaxsiy ahamiyat va kutilgan natija sifatida tushunish va anglash imkoniga ega bo`lsin. Didaktik maqsad o`z ichiga o`rganilayotgan material hajmiga va uni o`zlashtirish darajasiga ko`rsatmani oladi. Bundan tashqari har bir talaba o`qituvchidan o`quv materialni qaerdan topish bo`yicha yozma ravishda maslahatlar olishi kerak. Modulli o`qitishning boshqa ta`lim texnologiyalaridan farqli ravishda o`ziga hos hususiyatlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin [9]. 1. Modulli ta`lim o`qituvchini talabalar bilan bo`ladigan muloqot shakllarini o`zgarishini ko`zda tutadi. U talabalar bilan modullar orqali ham bevosita – har bir talaba bilan individual tarzda muomala qiladi. Modulli ta`limgina o`qish-o`qitishni sub`ekt-sub`ekt asosga, ya`ni talabani faol bo`lishga, o`quv jarayonida sub`ekt holatiga o`tkazishga imkon yaratadi. O`qituvchi har bir talabaga individual yondashuv asosida maslahat – koordinatsiyalashuvchi funktsiyani bajaradi. Bu esa pedagog va ta`lim oluvchiga o`qish-o`qitishni optimal yo`llarini birgalikda tanlashga imkon beradi. Natijada ta`lim jarayonida o`qituvchi va talaba o`rtasidagi munosabatlar teng huquqlik bo`lib boraveradi. 2. Talabaning o`quv-biluv faoliyatini yuqori darajada o`zini-o`zi tashkil etilishi. U o`quv maqsadlarni mustaqil qo`yishga, faoliyat usullarini tanlash ko`nikmasiga, o`z harakati va munosabatlarini boshqalar bilan moslashtirish va muvofiqlashtirishga asoslangan. Modulli o`qitish sharoitida bu shu bilan ta`minlanadiki, talabalar o`z vaqtlarining katta qismida mustaqil ishlaydi, o`quv-biluv faoliyati ularning anglangan predmet iva idroki bo`lib qoladi. 3. Bosma materialga asoslangan modullarni mavjudligi o`qituvchiga talaba bilan ishlashni individuallashtirishga, ya`ni talabaga dozalangan shaxsiy yordam orqali hamda ularning har biriga maslahat berishga imkon yaratadi. Modulli texnologiyaning xususiyatlaridan yana biri, an`anaviy ta`lim berishda muqobil tarzda vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi to`plangan barcha tajribalar va ta`lim jarayonida jadallashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi metodlarni o`zida mujassamlashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling