O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
Nazorat savollari.
1. Chiziqli dasturlash masalasi kanonik formaga qanday o’tkaziladi? 2. Chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimi nima? 3. Jordan-Gauss usuli. 4. Chiziqli programmalash masalasi rejalaridan tashkil topgan qavariq ko’pburchak qanday bo’lishi mumkin? 5. Qanday holda chiziqli programmalash masalasi birdan ortiq optimal yechimga ega bo’lishi mumkin? Talabalarning bilim va ko`nikmalarini baholash bo`yicha quyidagilarni amalga oshirish kerak [4]: 1. Har bir modul bo`yicha baholashdan oldin talaba talab va mezonlar haqida xabardor qilinishi kerak. 2. Talabaning bilim va ko`nikmalari baholab bo`lgandan so`ng uning natijalari iloji boricha tezroq talabaga bildirilishi kerak. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) 3. Talabaning erishgan natijalari qoniqarsiz bo`lsa, uning sabablari suhbat orqali muhokama etilishi kerak. Bunda talabaning hatti-harakatlari ham ushbu qoniqarsiz natijalariga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olish lozim. 4. Qoniqarsiz natijalarni birgalikda yaxshilash borasida ko`riladigan chora-tadbirlar haqida maslahatlashib olishi kerak. 5. Talabaga bilim va ko`nikmalarni baholash bo`yicha hujjatlarni ko`rish va unga munosabatini bildirish xuquqi berilishi kerak. Topshiriqlar natijalarini baholash maqsadli ravishda qo`yilgan talabdir. Testlar bilim, qobiliyat, ko`nikma, shuningdek, xarakter va munosabatni tekshirish vositasidir. Testlar quyidagi yo`nalishlarda tuzilishi mumkin. - modulning o`quv maqsadlariga erishilganligini aniqlash testlari; - talabaning intellekt va boshqa qobiliyatlarini aniqlash uchun qobiliyat testlari; - talabaning kasbga bo`lgan layoqatini aniqlash testlari; - ta`lim maqsadlariga yo`naltirilganligi; - muntazam o`tkazib turilishi; - haqiqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga asoslanganligi. Baholash jarayonida talabalarning, balki o`qituvchilarning ham kuchli va kuchsiz jihatlari, o`quv jarayonidagi kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Modulli o`qitish dasturining tuzilishi, o`quv vositalari, tashkiliy ishlarining sifatiga ham baho berish mumkin. Natijalarni muntazam baholab borish aniq va adolatli xulosalarga olib keladi. Baholashda mazkur xulosalarning umumlashtirilishi baholashning aniq bo`lishiga yordam beradi. Talabani muntazam ravishda o`z natijalari to`g’risida xabardor qilib turish uning maqsad sari intilishi va istaklarining amalga oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling