O'zgani anglash (eshitish) va o'zini anglatish qoidalari
Eshitish o'zida ikkita aspektni: eshitilganni
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'ZINI ANGLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- PASSIV ESHITISH
- Faol eshitish.
4
Eshitish o'zida ikkita aspektni: eshitilganni tushuna olish ko'nikmasi; Keyinchalik foydalanish maqsadida olingan ma‘lumotni xotirada saqlash uchun tahlil qilish va tizimlashtirish ko'nimasini namoyon etadi. Fundraising event plan 6 Eshitishning ikki: boadablik, muloyimlik – passiv va faol tiplari mavjud. Passiv eshitish. Bu tinglash, eshitishning keng tarqalgani bo'lib, bunda biz muloqot jarayonida ba‘zi fragmentlarni anglab, ba‘zilarini anglamagan holda eshitamiz. Faol eshitish. Bu diqqatni jamlab, ichki kuchlarni mobillashtirgan holda eshitishni talab qiladi. Bunda suhbatdosh nuqtai nazarini tushunishga asosiy e‘tibor qaratiladi. PASSIV ESHITISH • Uning natijasi sifatida quyidagi holatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin: - • -Bugun sen bilan qayergadir borishga kelishgan edik. • - Nahotki? Sen bu haqda gapirmagan edingku, birinchi marta eshitayapman. • - Ikki kun ilgari sen bilan bu haqida gaplashgan edikku.Demak, sen meni eshitmagan ekansanda. • Ko'pincha, bizga qarata aytilgan gaplar e‘tiborimizdan chetda qoladi – ayniqsa, biz uchun qadrdon, yonimizda yurgan, tez-tez ko'rishadigan odamlarimizning gaplari ―Qulog'imiz yonidan o'tib ketadi yoki boshqacha aytganimizda ularning gaplariga bee‘tibor bo'lamiz. Fundraising event plan 7 Faol eshitish. • Siz suhbatdoshingizni tinglab nima haqida gap borayotganligini idrok etasiz va olingan ma‘lumotlarni xotirangizga joylaysiz, so'ngra zarurat bo'lganida unga qaytasiz. Agar siz haqiqatan ham faol eshitayotgan bo'lsangiz, ongingizda aylanayotgan fikrlardan boshingiz g'uvillab qolganini sezasiz. Bu holatning bo'lishi tabiiy, chunki bunday tinglashda sizning barcha fikrlash qobiliyatingiz ishga tushgan bo'ladi. Bunday muzokaralar va suhbatlar davomida siz diqqatingizni gapirayotgan odamga nafaqat qaratishingiz, balki uni ifodalash tilini, stilini tushunishingiz, o'zingizni noverbal xatti- harakatlaringizni nazorat qilishingiz, sizga berilayotgan savollarga javoblarini o'ylashingiz hamda undan nimalar haqida so'rashingizni ham mo'ljallashingiz lozim bo'ladi. Shunday qilib, bunday holatlarda boshingiz g'uvillay boshlashi tabiiy chunki sizning miyangiz kuchli bosim ostida ishlayapti. Fundraising event plan 8 Eshitishga nimalar to'sqinlik qilishi mumkin? - Muammoga qarashlardagi farqlar: sizning nuqtai nazaringiz ikkinchi tomon fikrlaridan tubdan farq qiladi va siz ushbu aytilganlarga qat‘iyan qarshisiz. - Emotsiyalarning kuchliligi: muhokama etilayotgan mavzu sizni shunchalik qiziqtiradiki, ikkinchi tomonni eshitishingizga to'sqinlik qiladi. - Jismonan toliqish, balki siz charchagandirsiz, qorningiz ochgandir, issiqdan yoki sovuqdan aziyat chekayotgandirsiz, stress holatidadirsiz va shu kabilar. -Diqqatni jamlay olmaslik va parishonxotirlik: balki sizga shovqin suron diqqatingiz jamlashga to'sqinlik qilayotgandir. -Suhbatdoshga nisbatan munosabat: siz suhbat qilayotgan odam yoqmayotgandir, balki u juda ham dumog'dor, kibrli va zerikarlidir Eshitishni qanday qilib yaxshilash mumkin? • Suhbatni boshlanishidanoq eshitishga harakat qiling va diqqatingizni susaytirmang; • Boshqa ishlaringizni chetga surib qo'ying va eshiting: bir vaqtning o'zida ikkita ishni bajarishga harakat qilmang; • Hamsuhbatingiz haqidagi turli salbiy fikrlarni xayolingizdan chiqaring; • Ayni vaqtda sizga aytilayotgan gaplarni anglashga harakat qiling, ildamlab ketmang; • Suhbatdoshingiz so'zini bo'lmang; • Nima haqida gapirilayotganligiga qiziqish bildiring; • Aytilganlarning mazmuniga baho bering, qanday taqdim etilganiga emas; • Obyektivlikni saqlang shoshma-shosharlikda xulosa chiqarishdan qoching; • Diqqatingizni tortuvchi boshqa narsalarni bartaraf eting; Fundraising event plan 12 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling