Oʻzgarmas
Asosiy va qo`shimcha magnit qutblar: 1-stanina; 2-qo`zg`atish chulg`ami; 3-qutb boshog`i; 4-qutb po`lat o`zagi; Qoʼshimcha qutblar
Download 250.66 Kb.
|
elektr mashinalari 2
Asosiy va qo`shimcha magnit qutblar: 1-stanina; 2-qo`zg`atish chulg`ami; 3-qutb boshog`i; 4-qutb po`lat o`zagi; Qoʼshimcha qutblar.Qoʼshimcha qutblar stator ichida asosiy qutblar orasiga oʼrnatiladi.Qoʼshimcha qutblar quvvati I kVt dan katta boʼlgan mashinalarda kommutaiiyani yaxshilash, yaʼni choʼtkalardan uchqun chiqishini kamaytirish maqsalida oʼrnatiladi. Qoʼshimcha qutb poʼlat oʼzak 4 va chulgʼam 2 dan iborat. Qoʼshimcha qutblar chulgʼami yakor chulgʼami bilan ketma-ket ulanadi; shuning uchun chulgʼam simining koʼndalang kesim yuzasi mashinaning nominal tokiga moʼljallangan boʼladi.Qoʼshimcha qutb oʼzagi ayrim yupqd plastinka- lardan yigʼib yoki quyib yaxlit qilib tayyorlanadi.Qoʼshimcha qutbda magnit induktsiyasi kichkina boʼladi, unda uyurma toklar deyarli hosil boʼlmaydi. Yakor mashinaning aylanuvchi qismi boʼlib, uningchulgʼamlarida asosiy EYuK hosil boʼladi.Oʼzgarmas tok mashinalarida baraban tipidagi yakor qoʼllaniladi. Yakor val va unga kiygiziladigan yupqa poʼlat oʼzak plastinkalari, yakorь chulgʼami hamda bir tomoniga oʼrnatilgan kollektorlardan iborat. Yakor poʼlat oʼzagi maxsus elektrotexnika poʼlatidan shtamplash yoʼli bilan 0,35 ... 0,5 mm qalinlikdagi plastinkalardan yigʼiladi. Kattga quvvatli mashinalarda plastinkalar ayrim segmentlar shaklida tayyorlanadi. Uyurma toklarni kamaytirish maqsa-dida plastinkalar yupqa qogʼoz yoki lok qatlami bilan oʼzaro izolyaiiyalanadi.Poʼlat sirtida hosil boʼladigan yupqa oksid qatlami ham yaxshi izolyatsiya hisoblanadi.Poʼlat oʼzak plastinkalar valga kiygiziladi, paketlar shaybalar yordamida qisiladi.189-rasmda yakorь oʼzagini yigʼish jarayoni koʼrsatilgan.Yakorь oʼzagida ventilyatsiya kanallari sirtida oʼqboʼyicha yoʼnalgan pazlar boʼladi.
Kollektor yakorningpulat oʼzagi yoniga oʼrnatiladi Kollektor silindr shaklida boʼlib, uning plastinkalari qattiq misdan tayyorlanadi. Plastinkalar bir-biridan va valdan izolyatsiyalanadi. Plastinkalarning birtomonida chiqig`i boʼlib, unga yakor chulgʼami boʼlaklarininguchlari kavsharlanadi. Kollektor plastinkalari bir-biridan mikanit qistirma bilan izolyatsiyalanadi. Qistirma kollektor plastinkalarilan 0,8...1,5 mm pastroq oʼrnatiladi. Plastinkalarning past tomoni «qapdirgʼoch dumi» koʼrinishida kemtik qilib ishlanadi (rasm, a). Kollektor yigʼilgandan soʼng plastinkalar 4 va qistirmalar 5 korpus bilan qisuvchi flanets 2 orasida siqib mahkamlanadi. Kollektor plastinkalar mikanit manjet 3 bilan izolyaiiyalanadi. Kichik va oʼrtacha quvvatli mashinalarda kollektorning mis plastinkalari va mikanit qistirmalar plastmassaga presslab oʼrnatiladi. Kollektor yigʼilgandan soʼng plastinkalarning sirti stanokda yoʼniladi va jil- virlanali. Download 250.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling