Oʻzgarmas


I kki qutbli o`zgarmas tok mashinasining elektromagnit sxemasi (a) va eng oddiy o`zgarmas tok generatori


Download 250.66 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi250.66 Kb.
#1058852
1   2   3   4   5
Bog'liq
elektr mashinalari 2

I
kki qutbli o`zgarmas tok mashinasining elektromagnit sxemasi (a) va eng oddiy o`zgarmas tok generatori:

1-qo`zg`atuvchi chulg`am; 2-asosiy magnit qutblari; 3-yakor; 4-yakor chulg`ami; 5-cho`tka;6-korpus; Endi real oʼzgarmas tok mashinasining ishlashi bilan tanishamiz (1-rasm, a).Mashina generator sifatida ishlashi uchun uning yakori qandaydir birlamchi dvigatel yordamida aylantirilishi lozim.Yakor simlari magnit maydonida aylanganda qiymati e=Blv bilan aniqdanadigan EYuK hosil boʼladi. Yakorь chul- gʼami maʼlum uzunlikka ega (l). Аgar simning harakat tezligi (oʼzgarmas) v=const» boʼlsa, unda e =Blv=const boʼladi. Demak, yakor chulgʼamida hosil boʼladigan EYuK ning qiymati qutb oʼzagi bilan yakor orasidagi havo oraligʼidagi magnit induk- siyasining tarqalish qonuniyati bilan aniqlanar ekan.Mashina ishlaganda yakorь chulgʼamida oʼzgaruvchan EYuK hosil boʼladi.Sinu- soida qonuni boʼyicha oʼzgaradigan EYuK olish uchun havo oraligʼi- da magnit induktsiyasi shu qonun boʼyicha tarqalishiga erishish lozim. Buning uchun magnit qutblari uchiga, yaʼni qutb boshmoqda- riga maʼlum shakl berilali: qutblar markazida havo oraligʼi ki- chikroq, chetlarida esa katgaroq boʼladi. Umuman, magnit kuch chi- ziqlari qutb boshmoqlaridan chiqib yakorь sirtiga tik yoʼnaladi (185-rasm, a). Bunda magnit induktsiyasi qutblar markazida B=Bt ga va chetida, yaʼni 00' neytral chiziqda B=0 boʼladi. Yakor chulgʼami simlari qutblar markazida boʼlganda ularda EYuK maksimal qiymatga erishadi, neytral chiziqtsa boʼlganda nolga teng boʼladi. Yakor chulgʼami simlarida hosil boʼladigan EYuK ning yoʼnalishi sim qaysi qugb tagidan oʼtayotganiga bogʼliq. Bir xil magnit qutblari tagidan oʼtayotgan chulgʼam simlarida EYuK ning yoʼnalishi bir xil boʼladi.Ikki qutbli oʼzgarmas tok mashinasining elektromagnit sxemasi 1-rasm, a da koʼrsatilgan. Mashinada har bir magnit qutbi tagidan oʼtayotgan simlar soni bir xilda qoladi.Yakor chulgʼamida hosil boʼladigan EYuK sirpanadigan kontaktlar orqali tashqi zanjirga beriladi. Аylanuvchi kollektor plastinkalari va qoʼzgʼalmas choʼtkalar sirpanadigan kontakt hosil qiladi. Yakor chulgʼami simmetrik va berk zanjirli qilib tayyorlanadi (1-rasm, b). Аgar choʼtkalar geometrik neytralda oʼrnatilsa (tashqi nagruzka ulanmaganda), ular orasida U kuchlanish hosil boʼladi. Bu kuchlanish yakor chulgʼamining har bir yarmida hosil boʼladigan EYuK gateng, Аgar choʼtkalardan chiqarilgan simlarga (klemmalarga) isteʼmolchi ulansa, yakor chulgʼamidan oʼzgarmas tok I oʼtadi, u yoʼnalishi boʼyicha EYuK yoʼnalishida boʼladi. Yakor chulgʼamida bu tok chulgʼamning parallel shoxobchalaridan ikkiga boʼlinib (ia, toklari) oʼtadi. Oʼzgarmas tok mashinasida kollektorning har bir qoʼshni juft plastinkalariga yakor chulgʼamining bir boʼlagi (sektsiyasi) ulanadi.Chulgʼam boʼlagi bir yoki bir necha oʼramdan iborat boʼlishi mumkin. Mashina generator sifatida ishlaganda kollektor va uning sirtida sirpanadigan choʼtkalar mexanik toʼgʼrilagich vazifasini oʼtaydi. Mashina dvigatel sifatida ishlaganda uning yakor va qoʼzgʼatish chulgʼamlari oʼzgarmas tok manbaiga ulanadi. Qoʼzgʼatish chulgʼami toki mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qiladi. Yakor chulgʼami tokining magnit maydonini asosiy magnit maydon bilan oʼzaro taʼsiri natijasida yakor chulgʼami simlariga elektromagnit kuchlar taʼsir etadi va bu kuchlar aylantiruvchi moment hosil qiladi. Shu asosda dvigatel elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Bunda kollektor va choʼtkalar chastota oʼzgartirgich sifatida ishlaydi va oʼzgarmas tok manbaini oʼzgaruvchan tok hosil boʼladigan yakor chulgʼami bilan bogʼlaydi. Umuman, yakor chulgʼami bilan tashqi zanjirni oʼzaro bogʼlovchi kollektor va choʼtkalarning boʼlishi oʼzgarmas tok mashinalariga tegishlidir.




Download 250.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling