Agar barcha miqdorlar bir xil bo'lsa, masalan, quyida keltirilgan oddiy ma'lumotlar to'plamida 5,5; 5,5; 5,5; 5,5, u holda o'rtacha qiymat = 5,5 qiymatiga teng bo'ladi va standart og'ish S = 0 bo'ladi. Ushbu to'plamda ma'lumotlarning o'zgaruvchanligi mavjud emas. Real hayotda aksariyat ma'lumotlar ozmi-ko'pmi o'zgaruvchan bo’ladi. Ma'lumotlar to'plamining individual qiymatlari o'rtacha qiymatdan bir oz uzoqlikda joylashgan bo'lib, standart og'ish o'zgaruvchanlik darajasini tavsiflaydi. Endi ba'zi bir o'zgaruvchanlikka ega bo'lgan boshqa ma'lumotlar to'plamini ko'rib chiqing: - Real hayotda aksariyat ma'lumotlar ozmi-ko'pmi o'zgaruvchan bo’ladi. Ma'lumotlar to'plamining individual qiymatlari o'rtacha qiymatdan bir oz uzoqlikda joylashgan bo'lib, standart og'ish o'zgaruvchanlik darajasini tavsiflaydi. Endi ba'zi bir o'zgaruvchanlikka ega bo'lgan boshqa ma'lumotlar to'plamini ko'rib chiqing:
- 43,0; 17,7; 8,7; -47,4
- Ushbu raqamlar tasodifiy tanlangan to'rtta kompaniya (A, B, C va D) uchun daromadlilik darajasi (masalan, 43%, tasodifiy tashlangan). Bu holda o'rtacha qiymat bir xil, = 5,5, ya'ni, ushbu aktsiyalarning o'rtacha rentabellik darajasi 5,5% ni tashkil qiladi (bu shuni anglatadiki, yuqorida ko'rsatilgan aktsiyalarga qo'yilgan pul qo'yilmalari portfeli ushbu o'rtacha rentabellik 5,5% ga teng). O'rtacha qiymat oldingi holat bilan bir xil bo'lishiga qaramay, individual ma'lumotlar qiymatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Birinchi qiymat, 43,0, o'rtacha qiymatdan X1 - = 43,0 – 5,5 = 37,5 masofada joylashgan. Bundan kelib chiqadiki, “A” kompaniyasi aktsiyalarining rentabelligi o'rtacha rentabellik ko'rsatkichidan 37,5 foiz punktiga yuqori. Oxirgi qiymat, -47,4, o'rtacha qiymatdan X4 - = -47,4 – 5,5 = -52,9 gacha bo'lgan masofada joylashgan. Shunday qilib, “D” kompaniyasi aktsiyalari rentabelligi o'rtacha darajadan 52,9 foiz punktiga past (chunki bu qiymat salbiy). 5.1.1-jadval har bir qiymatning o'rtacha qiymatdan qanday farq qilishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |