- Ma'lumotlar qiymatlari egallagan diapazon yoki oraliq eng katta va eng kichik qiymatlar orasidagi farqga teng. U individual qiymatlarning bir-biridan qay darajada farq qilishini belgilaydi. Quyida mahsulotning beshta turiga so'nggi buyurtmalar sonini aks ettiruvchi kichik ma'lumotlar to'plami uchun tebranish hisob-kitobi keltirilgan:
- Ma'lumotlar to'plami oralig'i: 185, 246, 92, 508, 153;
- R = maksimal - minimal = 508 - 92 = 416.
- E'tibor bering, R diapazonni hisoblash juda oson. Sizga kerak bo'lgan yagona narsa - bu qiymatlar ro'yxatiga qarash, ro'yxatdagi eng katta va eng kichik qiymatlarni tanlash, keyin kattasidan kichigini ayirish.
Maishiy elektronika firmasining texnik bo'limida ishchilarning ish haqini ko'rib chiqing. Bizga kerak bo'lgan qiymatlar 5.2.1-jadvalda keltirilgan.
Hodim №
|
Ish haqi, ming so'm
|
Hodim №
|
Ish haqi, ming so'm
|
1
|
3 400
|
6
|
3 300
|
2
|
2 600
|
7
|
1 650
|
3
|
2 700
|
8
|
4 450
|
4
|
2 250
|
9
|
3 500
|
5
|
2 100
|
10
|
2 000
|
5.2.1 -jadval
Ish haqi ustuniga e'tibor qaratamiz. Ko'rinib turibdiki, eng ko'p maosh oladigan xodim oyiga 4 450 mung so’m (texnik menejer lavozimi uchun), eng kam ish haqi esa 1 650 mung so’m oladi (hali o’qishni tugatmagan, istiqbolli yosh xodim). Tebranish qulochi 2 800 ming so’m (4 450 – 1 650). Ushbu ko’rsatkich eng ko'p va eng kam maosh oladigan xodimlar o'rtasidagi farqini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |