O’zgaruvchanlik va uning shakllari


Sutning yog‘liligi, barg va tola rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir


Download 1.67 Mb.
bet3/4
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310045
1   2   3   4
Bog'liq
Tibbiy biologiya

Sutning yog‘liligi, barg va tola rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik irsiyatga bog‘liq. Lekin organizmning rivojlanishida tashqi sharoit ta’sirida hosil bo‘lgan o‘zgarishlar genotipni o‘zgartirmaydi, chunki ular reaksiya normasidan tashqariga chiqmaydi.
Muhitning sharoiti qancha xilma xil bo‘lsa, modifikatsion o‘zgaruvchanlik shuncha ko‘p bo‘ladi. Reaksiya normasi katta bo‘lgan belgilarning o‘zgaruvchanlik doirasi keng; reaksiya normasi kichik belgilarniki esa tor bo‘ladi.
Genotipning reaksiya normasi organizm o‘zgarishi jarayonida namoyon bo‘ladi. Masalan, navlarga baho berishda ularning genotipi reaksiya normasi o‘simliklarni qulay va noqulay sharoitda parvarish qilish yo‘li bilan o‘rganiladi. Genotipning reaksiya normasi orqali navlar qanday tuproq, iqlim sharoitiga moslana olishi aniqlanadi.
Тashqi sharoit qulay bo‘lganda yuqori hosil beradigan, noqulay bo‘lganda esa hosili deyarli kamaymaydigan navlarning ahamiyati kattadir.
Sug’oriladigan yerlarda juda yuqori hosil beradigan navlar
Bug’doy
Bezotaya-1
Intensivnaya
Ulug’bek-600
Sanzar-8
Umanka
Skifyanka
Kroshka
Arpa
Afrasiab Temur
O’zbekistonning tashqi sharoitiga tez moslashish xususiyatiga ega g’o’za navlari:
-108-F
-Toshkent-6
-Qirg’iziston-3
-Farg’ona -6
-Namangan -77
-S-6527
-Oqdaryo -6
-Yulduz
-Omad
-Mehr
-Navbahor
\Navlari
Ekin navlari va chorva mollari zotlarining qaysi belgilari katta, qaysi belgilari esa kichik reaksiya normasiga ega ekanligini bilish qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik
-Organizm belgi yoki xususiyatining tasodifan, sakrash yo‘li bilan irsiy o‘zgarishi mutatsion o‘zgaruvchanlik deyiladi, bunday o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan organizm esa mutant deb ataladi.
-Mutatsion o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlikdan tubdan farq qiladi, chunki hosil bo‘lgan yangi belgi va xususiyatlar (mutatsiyalar) tashqi muhit qanday bo‘lishidan qatiy nazar, nasldan-naslga o‘tadi.
-Mutasiyalarning yuzaga kelishi hujayra
strukturasi (xromosomalar) o‘zgarishining natijasidir
MUTATSIYA - tashqi muhit omillari yoki organizmning ichki muhiti ta’sirida hujayraning irsiy strukturasida yuz beradigan o‘zgarish bo‘lib, organizmlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mutatsiya genlarning molekulyar o‘zgarishi, genlar miqdori hamda xromosomalar soni va strukturasining o‘zgarishidir.
«Mutatsiya» tushunchasini fanga golland botanigi Gyugo de Friz kiritgan.
-U organizm belgilarining keskin irsiy o‘zgarishi hodisasini mutatsiya deb ataydi. G. de Frizning asosiy ta’limoti - mutatsiya nazariyasi hozirgacha o‘z mohiyatini saqlab kelmoqda.
Bu ta’limotda asosan quyidagi fikrlar ilgari suriladi:
~Mutatsiya oraliq ko‘rinishga ega bo‘lmay, to‘satdan hosil bo‘ladi;
~Yangidan hosil bo‘lgan belgi va xususiyatlar o‘zgarmas (turg‘un) bo‘ladi;
~Mutatsiyalar sifat o‘zgarishidan iborat;
~Mutatsiyalar har xil yo‘nalishda bo‘lib, organizm uchun zararli, foydali va neytral bo‘lishi mumkin.
~Mutatsiyalarning soni tekshirish uchun olingan organizmlar miqdoriga bog‘liq;
~Bir xil mutatsiyalar yana qaytadan yuzaga kelishi mumkin;
~ G. de Friz faqatgina mutatsiyalar tashqi sharoitga moslashgan yangi turlarni hosil qilishi mumkin deb, tanlashga yetarli baho bermadi. Aslida esa mutatsiya faqat o‘zgaruvchanlik manbai bo‘lib, tanlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
~ G. de Frizning mutatsiyalar hamisha katta
irsiy o‘zgarishlardan iborat bo‘ladi, degan fikri keyingi tadqiqotlarda tasdiqlanmadi. Тabiatda keskin irsiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda o‘zgarishgacha bo‘lganidan biroz farq qiladigan kichik mutatsiyalar ham
ko‘p uchraydi.
~ G. de Frizning mutatsiya to‘g‘risidagi ta’limoti seleksiya amaliyotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki mutatsiyalarning sakrash
tarzida ro‘y berishi hamon o‘z kuchida qolmoqda.
Хromosomalarning Morgan qonuniyatlari asosida chalkashuvi jarayonida genlarning birikishi va qayta kombinatsiyalanishi hodisalarini aniqlash mutatsiya haqidagi ta’limotning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
~ Mutatsion o‘zgaruvchanlik barcha tirik organizmlar uchun umumiydir.
Mutatsiya jarayoni shartli ravishda ikkiga - spontan va induktiv mutatsiyalarga ajratiladi;
- SPONTAN MUTATSIYALAR :
Oddiy quyosh nuri va qattiq sovuq yoki organizmning ichki bioximiyaviy, fiziologik reaksiyalari ta’sirida tabiiy hosil bo‘ladigan
irsiy o‘zgarishlar.
- INDUKTIV MUTATSIYALAR :
Maxsus ta’sir ko‘rsatadigan omillar – radiy nurlari va ximiyaviy moddalar kabilar ta’sirida sun’iy hosil bo‘ladigan irsiy o‘zgarishlar
Induktiv mutatsiyalar irsiy o‘zgarishlar va genlarning sirini ko‘proq ochishga hamda o‘rganishga yordam bermoqda

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling